Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya,
Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.
Uchrashuvda Vengriyada tahsil oladigan talabalarning bilim olishlari va amaliyot o‘tashlari uchun yaratiladigan sharoitlar, shuningdek, yurtimizda amaliyot o‘tash uchun markaz tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nushasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: Master Good kompaniyasi 1994–yilda tashkil etilgan. Kompaniya Vengriyadagi eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, mamlakatdagi tovuq go‘shti ishlab chiqarishning deyarli 32 foizi ushbu kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyaning sof daromadi – 275,2 million dollarni tashkil etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: