Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma’lumotlarini (paxta tolasi tonnasining so‘mdagi narxlarining kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini) kunlik e’lon qilib boradi.
Ma’lumot uchun: Nyu-York savdo birjasida har kuni paxta tolasining davriy ravishda, kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasi bir ingliz funti og‘irligining narxi AQSH dollari sentlarida ifodalangan.
Nyu-York savdo birjasida kotirovka qilinadigan paxta tolasi taxminan mahalliy to‘rtinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass paxta naviga to‘g‘ri keladi.
Nyu-York savdo birjasida paxta tolasi “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun- oktyabr davrdagi o‘rtacha narxi topiladi.
Bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasining sentdagi narxini bir tonna paxtaning AQSH dollardagi narxiga aylantrish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
“oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun – oktyabr davridagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.
Paxta tolasining indikativ prognoz narxining so‘mdagi ifodasi esa so‘m almashuv kursining prognoz narxiga ko‘paytirish orqali topiladi.
Paxta xom ashyosining o‘rtacha indikativ prognoz narxi (to‘rtinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klass) tola chiqishi o‘rtacha ko‘rsatkichini hisobga olib, paxta tolasining indikativ prognoz narxidan kelib chiqqan holda, milliy valyuta (so‘m)da quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Px = (Pt-ISx) x Tch + CHq+Lq+Uq, bunda:
Px – bir tonna paxta xom ashyosining so‘mdagi indikativ prognoz xarid narxi;
Pt – bir tonna paxta tolasining so‘mdagi indikativ prognoz narxi;
CHq – bir tonna paxta tolasidan chiqadigan chigitning (53%) o‘tgan davrdagi o‘rtacha birja narxidagi qiymati;
Lq– bir tonna paxta tolasidan chiqadigan lintning (4%) o‘tgan davrdagi o‘rtacha birja narxidagi qiymati;
Uq– bir tonna paxta tolasidan chiqadigan ulyukning (2%) o‘tgan davrdagi o‘rtacha birja narxidagi qiymati;
ISx -bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xarajatlari.
Tch -o‘rtacha tola chiqish me’yori. Bunda, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta xom ashyosidan olinadigan tola chiqish ko‘rsatkichi (33,5%).
Yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlangan paxta xom ashyosining indikativ prognoz narxidan kelib chiqib, paxta xom ashyosining narxi har bir sanoat navi, sinfi va tipi bo‘yicha koeffitsiyentlari asosida aniqlanishi mumkin.
Ushbu narxdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub’yektlar shartnomaviy munosabaatlar doirasida paxta xomashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: