Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan dehqon xo‘jaliklari vakillari uchun besh kunlik turkum mahorat darslari tashkil etildi.
Treninglar davomida professor va ilmiy xodimlar tuproqshunoslik, sug‘orish tizimlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, ko‘chatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
ToT tarzida o‘tkazilgan mahorat darslariga respublikaning har bir viloyatidan 10 tadan, jami 130 nafar konsultant-trener tashrif buyurdi.
Mazkur tadbir orqali sohada samaradorlikni oshirish, dehqon xo‘jaliklariga amaliy yordam berish va konsultant-trenerlarni tayorlash ko‘zda tutilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: