Shu kunlarda O‘zbekistonda Latviya delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda. Ushbu delegatsiya tarkibida siyosiy idoralar va 30 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etmoqda. O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs boshchiligidagi delegatsiya vakillarining Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya raisi, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv 2021-yil aprel oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Latviya Respublikalari o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyaning iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha sakkizinchi yig‘ilishining mantiqiy davomi hisoblanadi.
2021-yil aprel oyida Hukumatlararo imzolangan bayonnomaga ko‘ra, 25 ta hujjat va bir qator chora-tadbirlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida 7 ta tadbir, 2 tasi hududlararo hamkorlik sohasida, 4 tasi qishloq xo‘jaligida, 2 tasi farmatsevtikada, 3 tasi transport sohalarida, 2 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 3 tasi taʼlim va 2 tasi turizm sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston hamda Latviya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil oktyabr oyida o‘rnatilgan. Shundan buyon O‘zbekiston Latviyaning O‘rta Osiyodagi asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Anʼanaga ko‘ra, Latviya va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam siyosiy va iqtisodiy munosabatlar saqlanib kelmoqda. Bu borada so‘nggi yillarda mamlakatlararo muloqot, yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro siyosiy maslahatlashuvlar jadal rivojlanmoqda, shuningdek, iqtisodiy masalalar yuzasidan hukumatlararo yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: