Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Avstriyaning BAUER kompaniyasiga tegishli yomg‘irlatib sug‘orish uskunasini o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. Uzunligi 350 m bo‘lgan bitta tizim, 40 gektardan ortiq yer maydonini sug‘orish imkoniyatiga ega.
Uskuna qiymati, shuningdek, suv, elektr energiyasi sarfi kabilar qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchisiga tegishli yer maydoni hajmi, qolaversa, ekish uchun rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari kabilardan kelib chiqib individual tarzda hisoblanadi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan oqilona sug‘orishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hukumat loyihasi doirasida katta o‘lchamdagi yomg‘irlatib sug‘orish uskunasini o‘rnatish ishlari Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida ham amalga oshirilmoqda.
Agro ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lumot!
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishtirokidagi katta o‘lchamli mobil va statsionar sug‘orish uskunasi (yomg‘irlatib sug‘orish tizimi)ni imtiyozli o‘rnatish bo‘yicha hukumat loyihasi.
Uskunalarni o‘rnatishdan oldin O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Burg‘ilash xizmati” MChJ loyiha ishtirokchisiga aylangan agro ishlab chiqaruvchining yer uchastkasini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda loyihaviy-texnik hujjatlarini tayyorlaydi.
❓Qanday qilib loyiha ishtirokchisiga aylanish va katta o‘lchamli yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasini sotib olish mumkin?
❓Sug‘orish uchun minimal maydon qanday hajmda bo‘lishi kerak?
❓Texnika qanday foiz asosida beriladi, lizingni to‘liq qoplash uchun necha yil ajratiladi, imtiyozli davr qancha davom etadi?
✅Batafsil ma’lumotlar uchun telefonlar:
+998 71 206 72 19
+998 90 966 71 55
Ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: