2011-yil O‘zbekiston IFADga qo‘shilgan vaqtdan buyon jami 128 mln AQSH dollari miqdorida mevachilik va sut ishlab chiqarish yo‘nalishida (shu jumladan, loyihaviy grantlar) uchta kredit loyihasi, shuningdek, grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan ikkita hududiy tadbirlar maʼqullangan. Shu tariqa, IFAD zamonaviy O‘zbekiston tarixi uchun muhim bo‘lgan qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish tomon qo‘yilgan qadamga munosib javob berish orqali, mevachilik va sut ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘makni taqdim etdi. Qariyb 500 000 qishloq aholisi uchun bevosita yoki bilvosita ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan umumiy mamlakat dasturi doirasida IFAD asosan kichik agro ishlab chiqaruvchilar, dehqonlar va fermer xo‘jaliklariga eʼtiborni qaratdi.
2022-yilning 24-fevralida O‘zbekiston hukumati va IFAD faoliyatini baholash bo‘yicha Mustaqil ofis tomonidan vorkshop tashkil etildi, uning doirasida O‘zbekiston Respublikasining mamlakat strategiyasi va dasturi (CSPE) natijalari tahlil qilindi.
– Baholash ishlari bizga IFADning Oʻzbekistondagi mamlakat dasturini sarhisob qilish, tez oʻzgarib borayotgan Oʻzbekiston sharoitida tajribadan xulosa qilish, zaif tomonlarni toʻgʻrilash va yutuqlarni mustahkamlash imkonini beradi, – deya taʼkidladi IFADning O‘zbekistondagi mamlakat direktori Fidy Rajaonson. – Aslida ushbu baholash kerakli vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. Xulosalar va tajribalar COSOP yoki mamlakatning strategik imkoniyatlari yangi dasturini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. COSOP o‘zining boshlang‘ich nuqtasi sifatida O‘zbekiston hukumatining “Qishloq xo‘jaligini 2020-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi”, shuningdek, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da, xususan, fermerlar daromadlarini ikki baravar oshirish va qashshoqlikni kamaytirish maqsadlarida belgilab berilgan qishloq xo‘jaligi sektori uchun ustuvor vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: