Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Bilim, innovatsiyalar va xizmatlar AKIS markazida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Taklif etilgan 150 nafar soha vakillariga subsidiyalar bo‘yicha bugungi kunda dolzarb bo‘lgan dasturlar, shuningdek, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining raqamli platformalari taqdim etildi. Ular vositasida fermerlar kerakli hujjatlarni topshirgan holda, subsidiyalar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini olishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlash, quduqlarni burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi dronlari yordamida xizmatlar (changlatish, zondlash, monitoring va b.), yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish uskunalariga ega bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, fermerlarga AKIS xizmatlar markazi bazasida bir qator xizmatlar bo‘yicha shartnoma tuzishning moliyaviy foydalari to‘g‘risida tushuntirib berildi.
– Endilikda barcha qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilari “O‘zdavyerloyiha” institutining 16 turdagi xizmatlaridan foydalanish uchun aynan Qishloq xo‘jaligi vazirligi AKIS xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishsa, 2022-yil oxiriga qadar 50 foiz chegirmaga ega bo‘lishadi. Ular orasida yer tuzish va kartografiya yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta, dronlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta xizmat, xususan, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini aniqlash, zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni va holatini monitoring qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni aniqlash bo‘yicha 3 ta yo‘nalishdagi xizmatlar bor, — dedi “O‘zdavyerloyiha” DILI bosh direktori Ruhiddin Turayev.
3 yillik imtiyozli muddat bilan 10 yillik lizingga olish mumkin bo‘lgan BAUER zamonaviy mobil yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari ham “Burg‘ilash xizmati” MCHJ bosh ofisi joylashgan Yuqorichirchiq tumanidagi AKIS markazida to‘liq hajmda taqdim etilgan.
Aynan shu tashkilot O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotan hukumat loyihasi doirasida buyurtmachi-tashabbuskorlarning yer ob’ektini oldindan o‘rganib, loyihaviy-texnik asoslashni ishlab chiqqan holda zamonaviy sug‘orish uskunalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari yerlarida professional darajada joriy etish bilan shug‘ullanadi.
AKIS markazida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar BAUER yirik hajmli sug‘orish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha to‘liq mutaxassis maslahatini olishi, shuningdek, lizingning afzalliklari va imtiyozli davr bo‘yicha barcha tushuntirishlarga ega bo‘lishi mumkin.
AKIS markazida fermerlar bilan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari Alisher To‘rayev, Qahramon Yuldashev, Maqsud Ro‘zmetov, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining subsidiyalash, raqamli platformalar va boshqa xizmatlar bilan bevosita bog‘liq idoraviy tuzilmalarning rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar. Xususan, “Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” DM, “Agroservis operator” DM, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, “Tuproqsifattahlil” DUK, “Agrokimyo va tuproqshunoslik” ITI laboratoriyalari, “Burg‘ilash xizmati” MCHJ va boshqalar.
Fermerlarga AKIS markazining mutaxassislaridan subsidiyalar olish uchun hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirish, qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun yer uchastkalarini ijaraga olish maqsadida ariza berish taklif etildi.
Bundan tashqari, fermerlar raqamli platformalarning xususiyatlarini, ulardan qanday foydalanishni va ularning bazasida nima olish mumkinligini batafsil tushuntirdilar.
Shuningdek, tadbir doirasida fermerlar uchun ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan taqdim etilgan urug‘lik, ko‘chatlar va o‘g‘itlar yarmarkasi tashkil etildi.
Toshkent viloyatidagi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazi manzili. (Geolokatsiya)
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: