Joriy yil 16-mart kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish bo‘yicha Ask Facility dasturi hamkorligida vazirlik tashkilotlaridagi ichki audit va komplayens nazorat bo‘yicha masʼul xodimlarining sohaga doir ko‘nikmalarini rivojlantirishda xalqaro tajribalarni kengroq joriy etish masalasiga bag‘ishlangan “Ichki audit — imkoniyatlar modeli” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.
Treningni dasturning davlat ichki moliyaviy nazorati va ichki audit bo‘yicha xalqaro eksperti Mark Biryukov olib bordi.
Tadbir davomida Mark Biryukov bundan o‘n besh yil oldin xalqaro amaliyotda joriy etilgan universal kommunikatsiya va baholash vositasi bo‘lgan “Ichki audit – Imkoniyatlar modeli” va uning ishlash tamoyillari, afzallik jihatlari, uni qo‘llash bilan bog‘liq xalqaro tajribalar haqida so‘azlab berdi. Shuningdek, vazirlikdagi ichki audit va komplayens nazorat tizimining mazkur model bo‘yicha joriy darajasi tahlil qilindi.
Trening yakunida qatnashchilar davlat sektorida ichki audit uchun “autsorsing” xizmatidan foydalanishning afzallik va kamchiliklari, ichki audit faoliyatini quyi boshlang‘ich darajadan yuqori optimal darajaga ko‘tarish asoslari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xalqaro ekspertdan javoblar olishdi.
Ask Facility dasturi O‘zbekiston Respublikasida manfaatdor tomonlar, xususan, davlat, xususiy sektor vakillari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida muloqot tashkil etish, tarmoq statistikasi nazoratini kuchaytirish, yo‘nalish tizimlarining baholash tartibini rivojlantirish orqali islohotlarning samarali ijrosini muvofiqlashtirishga yordam beradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: