O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida Agrosanoatni raqamlashtirish markazi (O‘zbekiston) va “GEOTWO CO LTD” (Koreya) kompaniyasi direktorlarining uchrashuvi o‘tkazilib, unda qishloq xo‘jaligiga oid geoaxborot tizimlarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish hamda kosmik suratlardan olinadigan ma’lumotlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM direktori Saidagzam Alimov hamda Koreyaning “GEOTWO CO LTD” kompaniyasi direktori Kim Xyun Soo ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida qatnashchilar koreyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan “ArcGIS” dasturiy ta’minoti va uning qishloq xo’jaligi sohasida qo’llash imkoniyati bilan tanishishdi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini ko‘rib chiqishdi.
Kim Xyun Soo O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi va tomonlar do‘stona muzokaralar muhitida muhokama qilingan masalalar va belgilangan vazifalar yuzasidan faol hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: