O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus ishchi guruhi tomonidan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida Xorazm viloyatining qator tumanlarida fermer va dehqonlar uchun mevali bog‘lar, uzumzorlar va issiqxonalarni barpo etish bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etilib, joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Guruh mevali bog‘lar, uzumzorlar hamda issiqxonalarni tashkil etishda Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini yo‘naltirish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, “tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida bog‘ va tokzorlar, sabzavot maydonlarini barpo etish uchun ajratilgan yer maydonlarini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdi. Intensiv bog‘ va tokzorlarni “tayyor holda” barpo etuvchi pudratchi tashkilotni yollash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish ishlarining borishi hamda maydonlarni lotlarga bo‘lib aholiga ajratib berish jarayoni tahlil qilindi.
Viloyatning iqlim, tuproq va suv sharoitidan kelib chiqib, bog‘ va tokzorlarda ko‘chat navlarining ekilishi ko‘zdan kechirildi. Ajratilgan yer maydonlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshida tashkil etilgan “Agroservis operator” kompaniyasi balansiga o‘tkazish jarayoni nazoratga olindi.
Seminarlar doirasida fermer va dehqonlarning savollariga javob berilib, mevali bog‘, uzumzor va issiqxona egalari uchun yangi yo‘nalishlarni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: