Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Oltin boshoq” massivida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tassarufida “G‘allaorol oltin boshoq EUX” MChJ tashkil etildi.
Mazkur xo‘jalikka 26 ta konturdagi jami 512,1 gektar lalmi yer maydonlari biriktirib berildi.
Bugungi kunda tumanda soya va boshqa moyli ekinlar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish maqsadida umumiy maydonning 400 gektari foydalanishga kiritildi. 350 gektar yerga soyaning mahalliy navlaridan “To‘maris Man-60”, “Gavhar”, “Ustoz”, “Hosildor” hamda xorijiy navlardan “Nena”, “Arleta” va boshqa navlari ekildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ushbu maydonlarga 10 ming tup tut, 5 ming tup mevali va ming tup manzarali ko‘chatlar ekilishi ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda soya bilan birga moyli ekinlardan maxsar, zig‘ir, kungaboqar ekinlarining urug‘chiligi ham yo‘lga qo‘yilishi belgilab olingan.
Kelgusida ushbu ekinlardan 800 tonna yuqori avlod sara urug‘liklarini jamg‘arish rejalashtirilgan. Natijada, boshqa davlatlardan soya urug‘liklarini olib kelishga ehtiyoj qolmaydi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Multimedia markazi tomonidan vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi maʼlumoti asosida tayyorlandi.
При Центре развития семеноводства Министерства сельского хозяйства РУ в массиве “Олтин бошоқ” Галляаральского района Джизакской области создано элитное семеноводческое хозяйство сои и масличных культур ООО «Галлаорол олтин бошок ЭУХ».
В общей сложности данному хозяйству выделено 512,1 га земельной площади в 26 контурах.
На сегодняшний день в эксплуатацию введено 400 гектаров под выращивание сои и других масличных культур. В том числе 350 гектаров качественно подготовленных земель засажено высокосортными семенами сои «Тумарис Ман-60», «Гавхар», «Устоз», «Хосилдор» из местных сортов и «Нена», «Арлета» и другие из зарубежных сортов.
В рамках национального проекта «Яшил макон» на этих участках высажено 10 тысяч тутовников, 5 тысяч плодовых и тысячи декоративных саженцев.
888Кроме сои планируется наладить посев таких масличных культур, как сафлор, лен и подсолнечник.
В дальнейшем планируется собрать 800 тонн высококачественных семян этих культур. В результате, пропадет необходимость импортировать семена сои из других стран.
Подготовлено Мультимедиа центром Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан на основе информации Центра развития семеноводства Министерства сельского хозяйства РУ.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: