Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning texnologik jarayonlari yuqori hosil olishda muhim o‘rin tutadi va yetishtiriladigan ekinlarning sifatiga taʼsir qiladi. Bundan tashqari, urug‘lar tarkibida organik moddalar (oqsil, yog‘, uglevod, kraxmal va boshqalar) mavjud bo‘lib, ular turli zararkunandalar va kasalliklarni o‘ziga tortadi. Shuning uchun ekish oldidan urug‘ni sifatli tayyorlash va qayta ishlash katta ahamiyatga ega.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olim va mutaxassislari yo‘qolib borayotgan sabzavot va poliz ekinlari urug‘larini qayta tiklash va ko‘paytirish ustida ishlar olib borishmoqda.
Urug‘larni ekishga tayyorlash ularni kattaligi bo‘yicha yirik va o‘rta fraksiyalarga ajratiladi, urug‘larning 15–20 foizi yaroqiz bo‘ladi. Urug‘larni (pomidor va bodring) yaxshilab quritgandan so‘ng, ular termostatda uch kun davomida 50 °C haroratda, keyin bir kun davomida 76–78 °C da qizitiladi. Isitish nafaqat dezinfeksiyalash, balki tez o‘sishi va qiyg‘os ochilishi uchun ham kerak. Isitilgan urug‘lar dorilanadi, yaʼni ularga pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Quruq dori vositalari urug‘larni ekishdan 2–3 hafta oldin, suyuqlari esa – ekish oldidan qo‘llaniladi.
Urug‘lar bevosita ekish oldidan darhol 15–20 daqiqa davomida kaliy permanganat (margansovka)ning 0,5–1,0 foizli eritmasida ivitiladi, keyin toza suv bilan yuviladi.
Bodring va pomidor urug‘larini 24 soat davomida natriy gumatning 0,005 foizli eritmasida namlash mumkin. Mikroelementlar eritmasida namlash o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtiradi.
Urug‘larni ekish, ekilgan maydonning katta-kichikligiga qarab, qo‘lda yoki seyalkalar yordamida amalga oshiriladi. Urug‘lar tarqoq yoki qatorlarga ekilishi mumkin. Qatorlarga ekishda tuproq tekislanadi va biroz zichlanadi, 1–1,5 sm chuqurlikda egatlar olinadi. Urug‘lar bir-biridan 0,5–1 sm masofada egatlarga joylashtiriladi, so‘ngra ular elakdan o‘tkazilgan vermokulit va boshqa oziq moddalar aralashmasidan iborat ozuqa aralashmasi bilan 0,5–1 sm qalinlikda qoplanadi.
Yopiq tuproqda ko‘chat qilish uchun urug‘larni ekish muddati uni ochiq tuproqqa o‘tkazish vaqtiga, unib chiqish muddatiga va foydalanilgan konstruksiyalarning turiga qarab belgilanadi. Plyonkali issiqxonalarda yetishtirish muddati qisqaroq bo‘lgani sababli, ularda urug‘larni ekish ishlari shishali issiqxonalar va parniklarga qaraganda 10-12 kun keyin boshlanadi. Urug‘larni ekish meʼyori ularning hajmiga, o‘simliklarni oziqlantirish maydoniga va ko‘chatlarni yetishtirish usullariga bog‘liq.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Multimedia markazi tomonidan vazirlik huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti maʼlumoti asosida tayyorlandi.
Технологические процессы предпосевной подготовки семян играют важную роль в получении высокого урожая и влияют на качество продукции выращиваемых культур. Кроме того, в состав семян входят органические вещества (белки, жиры, углеводы, крахмал и другие), что привлекает вредителей и разнообразные болезни. Поэтому большое значение имеет качественная подготовка и обработка семян перед посевом.
Ученые и специалисты Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Минсельхозе РУ проводят работы по восстановлению и размножению семян исчезающих видов овощных и бахчевых культур.
Подготовку семян к посеву начинают с их сортировки на крупные и средние фракции, выбраковывают 15–20% семян. После тщательного просушивания семян (помидоров и огурцов) их прогревают в термостате при температуре 50 °С в течение трех суток, затем при 76–78 °С в течение суток. Прогревание применяют не только для обеззараживания, но и для быстрого прорастания и появления дружных всходов. Прогретые семена протравливают, то есть обрабатывают пестицидами. Сухие протравители применяют за 2–3 недели до посева семян, жидкие – перед посевом.
Семена замачивают в 0,5–1,0-процентном растворе калия перманганата (марганцовки) за 15–20 минут непосредственно перед посевом, затем промывают чистой водой.
Семена огурцов и помидоров можно замочить в 0,005-процентном растворе гумата натрия на 24 часа. Замачивание в растворе из микроэлементов ускоряет рост и развитие растений.
Высев семян в зависимости от размера посевной площади осуществляется вручную или с помощью сеялок. Семена высаживаются врассыпную или строчками. При посадке строчками почву разравнивают и слегка уплотняют, делают бороздки глубиной 1–1,5 см. Семена в бороздки укладывают на расстоянии 0,5–1 см друг от друга, затем покрывают их пропущенной через сито питательной смесью, состоящей из вермокулита и других питательных веществ, толщиной 0,5–1 см.
Сроки посева семян при выращивании рассады в закрытом грунте определяются в соответствии со сроками ее переноса в открытый грунт, длительностью прорастания и типами используемых конструкций. Из-за меньшей продолжительности выращивания в пленочных теплицах посев семян начинается на 10–12 дней позже, чем в стеклянных теплицах и парниках. Нормы высева семян зависят от их размера, площади подкормки растений и способов выращивания рассады.
Подготовлено Мультимедиа центром Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан на основе информации НИИ овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства РУ.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: