Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O‘zbekistonda kartoshkachilikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha texnik ko‘mak loyihasi doirasida mamlakatimizga qishloq xo‘jaligi texnikasi va kartoshkaning yangi 5 ta navini yetkazib berdi. Taqdimotda TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Djemalittin Tuney ishtirok etdi.
Aytish kerakki, mazkur loyiha O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagilar yetkazib berildi:
kartoshka yig‘ish mashinasi,
kartoshka ekish mashinasi,
kartoshka o‘simligi atrofiga tuproq uyish va egatlarni yumshatish mashinasi,
o‘g‘itlash mashinasi,
yomg‘irlatib oziqlantirish mashinalari.
Institutga ilmiy maqsadlarda “Leventbey”, “Onaran-2015”, “Nahita”, “Nigsah”, “Alegria” navlaridagi kartoshka urug‘lari taqdim qilindi. Ular institutning Toshkent, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyalarida zamonaviy texnologiyalar asosida hududlarning turli tuproq-iqlim sharoitlarida sinovdan o‘tkaziladi.
В рамках проекта по оказанию технической помощи для дальнейшего развития картофелеводства в Узбекистане Турецкое агентство по сотрудничеству и координации (TIKA) предоставило нашей стране сельхозтехнику и 5 новых сортов картофеля. В презентации участвовал глава представительства TIKA в Узбекистане Джемалиттин Туней.
Стоит упомянуть, что проект был разработан в рамках сотрудничества между Узбекистаном и Турцией.
В Научно-исследовательский институт овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства РУ были доставлены:
картофелеуборочная машина,
машина для посадки картофеля,
машина для обработки почвы,
машина для внесения удобрений,
машина для распыления удобрений.
Семена картофеля сортов «Leventbey», «Onaran-2015», «Nahita», «Nigsah», «Alegria» были переданы институту в научных целях. Они будут испытаны на Ташкентской, Андижанской, Самаркандской и Кашкадарьинской научно-опытных станциях института на основе современных технологий в различных почвенно-климатических условиях регионов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: