Respublikamizga Vengriyadan “Botond”, “Balatoni rózsa”, “Balatoni Sárga”, “Démon”, “White Lady” navlarining 52 ming dona mini tuganaklari olib kelindi. Ushbu mahsulot O’zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instutituti, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi hamda Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlari universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida keltirildi.
2022-yilning 5-7-may kunlari Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Zolt Polgar va universitet vakili Shandor Batizi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instutitutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘chatchilikga ixtisoslashgan javonli (stelajli) zamonaviy issiqxona kompleksida ham bo’lishdi. U yerda Vengriyadan keltirilgan mini tuganaklarni o‘ziga xos yangi innovatsion va intensiv usulda ekib ko‘paytirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha institut olimlari bilan maslahatlashib, o‘z tavsiyalarini berishdi.
Ayni kunlarda ushbu issiqxonada Vengriyadan keltirilgan kartoshkaning mini tuganaklarini ekish ishlari hamkorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.
52 тысячи мини-клубней сортов «Botond», «Balatoni rózsa», «Balatoni Sárga», «Démon», «White Lady» были импортированы из Венгрии. Этот продукт был завезен согласно Меморандуму о сотрудничестве Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства РУ с Узбекско-Венгерским исследовательским центром картофелеводства и Венгерским университетом сельскохозяйственных и естественных наук.
5–7 мая 2022 года Золт Полгар, директор Исследовательского центра картофелеводства Венгерского университета сельскохозяйственных и естественных наук, и представитель университета Шандор Батизи посетили НИИ овощебахчевых культур и картофеля. Гости также посетили недавно сданный в эксплуатацию современный тепличный комплекс стеллажного вида, который специализируется на выращивании рассады. Венгерские агрономы, посоветовавшись с учеными института, дали свои рекомендации по организации новых инновационных и интенсивных способов размножения мини-клубней, завезенных из Венгрии.
В настоящее время в теплице совместно с партнерами осуществляется посадка венгерских мини-клубней картофеля.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: