O‘simliklar atrof-muhitning tozaligi, insonlarning salomatligi uchun muhim vosita. Yashil olamni himoya qilish esa doimo insoniyatning eng asosiy va dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bugungi kunda respublikadagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini viloyat va tumanlarda 2400-2500 nafar mutaxassis nafaqat zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishadi, balki ularga biologik va kimyoviy ishlovlar berish samaradorligini ham aniqlashadi.
Darvoqe, O‘zbekistonda 640 ta biolaboratoriya mavjud. Ularda faoliyatini olib borayotgan 3500-3600 ta mutaxassis 3,5 mln gektar qishloq xo‘jalik ekinlarini, xususan, aholi tomorqalarini zararkunandalardan biologik himoya qilish tadbirlarini amalga oshirmoqdalar. Ushbu biolaboratoriyalarda trixogramma, oltinko‘z va brakon kabi biomahsulotlar yetishtiriladi va zararli hasharotlarga qarshi foydalaniladi.
O‘simliklarni himoya qilish uchun muhim tavsiyalar:
• Ekin ekayotganda zararkunandalarsiz kafolatlangan sifatli urug‘lardan foydalaning!
• Tuproq, ozuqaviy moddalar va suvni unumli boshqarishni yo‘lga qo‘ying!
• Diversifikatsiya va ekinlarni almashtirib ekishga eʼtibor qarating!
• Zararkunandalarga va kasalliklarga qarshi kurashda samarali biologik usullarni qo‘llang!
• Fitosanitariya choralarining xalqaro talablariga rioya eting!
• O‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini chegaradan olib o‘tishda hushyor bo‘ling!
• O‘simliklaringizga g‘amxo‘rlik qilishda ekologik toza usullardan foydalaning!
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: