O‘z R Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida Janubiy Koreyaning Jonbuk milliy universiteti professori janob Beom-Sahng Ryuh (Ph.D.) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda respublikamizda paxta, g‘alla, sabzavot poliz va bog‘dorchilikda foydalaniladigan o‘ziyurar, osma hamda tirkama texnikalarning imkoniyatlari muhokama etildi. Sohaga ilg‘or agrotexnologiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha sinov va tajribalar o‘tkazilishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish maqsadida konstruktorlar, texnologlar, muhandislar va sohaning ilmiy tadqiqotchilarini Janubiy Koreya davlatida malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil qilish borasida ham so‘z bordi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda Janubiy Koreyaning KITECH kompaniyasining Jonbuk sinov markazi, KOAT qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinov markazi va Jonbuk milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishildi.
Maʼlumki, Chirchiq shahridagi Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini rivojlantirish maqsadida «UzAuto CV» tomonidan Janubiy Koreyadagi mashinasozlik bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qilingan. Hamkor mutaxassislarning izlanishlari asosida, ushbu klasterda qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun ilmiy-tadqiqot R&D Markazini tashkil qilishga to‘xtalingan. Ushbu Markazning vazifasi barcha qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish bo‘yicha agrotexnologiyalarni ishlab chiqish, shunga mos ravishda, qishloq xo‘jalik texnikalari turlarini tanlash hamda mashinasozlik korxonalariga shu turdagi texnikalarni ishlab chiqarish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
В Центре по сертификации и испытанию сельскохозяйственной техники и технологий при Министерстве сельского хозяйства РУ состоялась встреча с делегацией во главе с г-ном Беом-Сахнг Рюх (PhD), профессором Национального университета Чонбук, Южная Корея.
В ходе переговоров были обсуждены возможности использования в республике самоходных, навесных и прицепных машин для выращивания хлопка, зерна, овощей, бахчевых культур и садоводства. Было заявлено, что проведут испытания и эксперименты по внедрению в отрасль передовых агротехнологий.
Также стороны говорили об организации обучающих курсов в Южной Корее для повышения навыков конструкторов, технологов, инженеров и исследователей в целях развития сельскохозяйственного машиностроения.
На мероприятии было принято решение о подписании меморандума о сотрудничестве с Центром по сертификации и испытанию сельскохозяйственной техники и технологий и Испытательным центром Чонбук компании «KITECH» Южной Кореи, Центром испытаний сельскохозяйственной техники KOAT и Национальным университетом Чонбук.
Известно, что UzAuto CV обратилась к южнокорейским инженерам в целях развития кластера сельхозтехники в Чирчике. На основе исследования экспертов-партнеров было принято решение о создании научно-исследовательского R&D центра для запуска производства сельскохозяйственной техники в данном кластере. Задачей Центра является разработка агротехнологий возделывания всех сельскохозяйственных культур, соответственно подбор типов сельхозтехники и разработка рекомендаций для машиностроительных предприятий по выпуску такой техники.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: