Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida (JDITI) “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslaridan unumli foydalanish hamda yetishtirishda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkazildi.
Mazkur Xalqaro tadbirda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Qozog‘iston Respublikasi agrar soha xodimlari, Lalmikor Dehqonchilik ITI yosh olimlari, IKARDA, SAMMIT va Turkiya davlatining Koniya Dehqonchilik ITI olimlari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni JDITI direktori O. Amanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va seminar qatnashchilariga institut faoliyatida so‘nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda yangi loyihalar to‘g‘risida maʼlumotlar berdi. Shundan so‘ng, Zoom orqali so‘zga chiqqan qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori A. To‘rayev sohani rivojlantirishda ilm-fanda erishilgan yutuqlar va ularning istiqbollari, bunda ITI ning o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Anjumanda mahalliy va xalqaro olimlarning “Bug‘doyning sovuqqa chidamliligini baholash”, “Kuzgi bug‘doyni rivojlantirish ishlari”, “Qishloq xo‘jaligida tuproqni himoyalovchi va resurstajkor texnologiyalar iqlim o‘zgarishini yumshatishda yechim bo‘ladimi?” kabi mavzulardagi maʼruzalari tinglandi.
В Научно-исследовательском институте земледелия в южных районах состоялась международная научно-техническая конференция на тему «Перспективы эффективного использования генетических ресурсов сельскохозяйственных культур и применения современных передовых технологий в выращивании».
В мероприятии участвовали представители Министерства сельского хозяйства РУ, Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве, ученые НИИ богарного земледелия и студенты аграрных вузов. Также участниками стали представители аграрной сферы Республики Казахстан, международных организаций ИКАРДА, САММИТ и ученые Конийского дехканского НИИ.
Конференцию открыл директор НИИ богарного земледелия О. Аманов. Он рассказал о новых проектах и проводимых в последние годы научных исследованиях. После выступил заместитель министра сельского хозяйства А. Тураев. Он через платформу Zoom поделился мнением о роли научно-исследовательских институтов, достижениях науки в развитии отрасли и ее перспективах.
На конференции выступили с докладами отечественные и зарубежные ученые на темы «Оценка холодостойкости пшеницы», «Работы по развитию озимой пшеницы», «Будут ли почвозащитные и ресурсосберегающие технологии в сельском хозяйстве решением для смягчения последствий изменения климата?».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: