27-28-may kunlari O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari, AKIS markazlari, Ilmiy- tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ishlash bolimlari mutaxassislari uchun oquv trening mashguloti bolib otdi. Unda kadrlar siyosati, davlat xizmatida olib borilayotgan yangiliklar va islohotlar, xodimlar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etish, davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov orqali ishga qabul qilish va mehnat munosabatlariga oid mavzular muhokama etildi. Tadbir doirasida xodimlar bilan ishlash yonalishiga oid ish yuritish boyicha amaliy uslubiy qollanma taqdimoti otkazildi.
Mazkur oquv-treningda Ozbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mutaxassislari ishtirok etishdi. Uchrashuvda bugungi kunda davlat xizmatida dolzarb bolgan “halollik vaksinasi” va korrupsiyaga qarshi kurash, xodimlarning maʼlumotlarini yagona milliy mehnat tizimi dasturiga kiritish, mehnat munosabatlari kabi mavzularda ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, trening davomida bildirilgan talablardan kelib chiqqan xolda hissiyot va emotsiyalarni boshqarish boyicha psixologik amaliy mashgulot ham otkazildi.
Oquv-trening savol-javoblar, ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, qatnashchilar barcha yonalishlar boyicha ozlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Mashgulotlarning ZOOM dasturi orqali ham olib borilishi barcha tumanlar, tizim tashkilot bo‘linmalari, tajriba stansiyalarining 200 nafardan ortiq kadrlar bo‘yicha mutaxassislarining bevosita ishtirokini taʼminladi.
Tadbir yakunida xodimlar bilan ishlash yo‘nalishining kelgusidagi vazifalari, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tizimli tashkil etish yo‘nalishlaridagi vazifalar ham belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: