Bugun O‘zR qishloq xo‘jaligi vazirligida Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alison Lekler xonim bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining maslaxatchisi Alisher Shukurovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, taʼlim va agrar sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishini muhokama qildilar.
Uchrashuv doirasida respublikada qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar, investitsiya kiritishga oid imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik, baliqchilik, agroekologiya va resurs tejovchi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish belgilab olindi.
Tadbirda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro akademik, ilmiy va tadbirkor doiralari vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar tashkil etilishini muhokama qilishdi.
Сегодня в Министерстве сельского хозяйства РУ состоялась встреча посла Канады в Узбекистане г-жи Алисон Леклэр с советником министра сельского хозяйства РУ Алишером Шукуровым.
Стороны обсудили перспективы активизации взаимодействия двух стран в области сельского хозяйства, переработки продуктов питания, образования и научных исследований в аграрной сфере.
В ходе встречи были презентованы меры, предпринимаемые в Узбекистане по модернизации сельского хозяйства, а также существующие возможности для инвестирования.
Приоритетными направлениями для сотрудничества стали: животноводство, зерноводство, картофелеводство, рыболовство, агроэкология и внедрение ресурсосберегающих технологий.
Стороны также договорились организовать взаимные визиты с участием представителей академических, научных и бизнес кругов двух стран для налаживания практического взаимодействия в сельском хозяйстве.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: