Oziq-ovqat xavfsizligi insonning sog‘lom turmush tarzi, uzoq umr ko‘rishi bilan bog‘liq. Uni taʼminlash nafaqat respublikamiz, balki butun dunyodagi global muammolardan hisoblanadi. Shu bois, bu sohaga mamlakatimizda ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tuzilgan Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish va yangilarini shakllantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni joylarda o‘rganuvchi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
O‘rganishlar mobaynida Qashqadaryo viloyatidagi 540 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi. Jumladan, 17 ta meva-sabzavotni, 67 ta sutni, 32 ta o‘simlik yog‘ini, 46 ta qandolat, 17 ta alkogolsiz ichimliklar, 346 ta un va un mahsulotlari hamda 10 ta boshqa turdagi ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini ko‘zdan kechirishdi.
O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga asosan, har bir viloyat hududida “Loyihalar fabrikasi” tashkil etilmoqda. Xuddi ana shunday tuzilma faoliyati Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ham yo‘lga qo‘yildi va uning doirasida barcha tashabbuskorlarga biznes-rejalar, iqtisodiy asosnomalar, unga oid barcha hujjatlarni shakllantirib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, tijorat banklariga taqdim etish bo‘yicha ko‘maklar berilishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirilishi va mablag‘larni o‘zlashtirilishi bo‘yicha Yo‘l xaritasi ham ishlab chiqildi va bunday ishlar butun respublika bo‘ylab, amalga oshirilyapti.
Maʼlum bo‘lishicha, 2022-yilda hududda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida hududiy investitsiya dasturi doirasida 302 ta umumiy qiymati 2 trln so‘mlik loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Xususan, yog‘ (449 mlrd. so‘mlik), un, non va makaron mahsulotlari (82,6 mlrd so‘mlik), qandolat tovarlari (5,8 mlrd so‘mlik), go‘sht va sut mahsulotlari (31,9 mldr so‘mlik) kabilarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash uchun loyihalar amaliyoti rejalashtirilgan. Ularning ijrosi taʼminlanishi natijasida nafaqat aholiga xavfsiz oziq-ovqat yetkaziladi, balki 3661 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, ularga imkoniyatlar ham tortiq etiladi.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida oziq-ovqat sanoatini (20,4 mln so‘mlik), bog‘dorchilikni (975 mln so‘mlik), uzumchilikni (600 mln so‘mlik), zamonaviy issiqxona tashkil etishni (1,7 mlrd so‘mlik), baliqchilikni (1,5 mlrd so‘mlik) rivojlantirish borasida bir nechta loyihalar amalga oshirildi.
2021-yilda hududdagi korxonalar tomonidan 2874,5 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2022-yilda oldingidan 108, 5 foiz ko‘p yaʼni 3078 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida quvvati 8 ming tonna bo‘lgan 2 ta agrolistika markazi va 88,6 ming tonna quvvatdagi 147 ta sovutkichli omborxonalar ishlamoqda.
Shuni ham alohida aytish kerakki, 2022-yilda oziq-ovqat sanoatidagi 8 ta mahalliy korxonalar bilan xalqaro standart talablariga ko‘ra, sifat menejmenti joriy etiladi.
Продовольственная безопасность влияет на здоровый образ жизни и долголетие. Обеспечение продовольственной безопасности – глобальная проблема для всего мира. Для решения этой задачи в нашей стране Узбекистан уделяет этому направлению большое внимание.
Министерством сельского хозяйства Узбекистана создана рабочая группа, которая изучает реализацию проектов по продбезопасности с участием международных финансовых институтов и формирование новых проектов на местах. В этот раз рабочая группа отправилась в Кашкадарьинскую область.
В ходе визита была изучена деятельность 540 пищевых предприятий Кашкадарьинской области. В частности, группа посетила следующие предприятия: 17 – плодоовощные продукции, 67 – молочные, 32 – растительные масла, 46 –кондитерские изделия, 17 – безалкогольные напитки, 346 – мука и мучные изделия и 10 других видов производственных и перерабатывающих предприятий.
По поручению Президента Узбекистана в каждой области создается «Фабрика проектов». Деятельность аналогичной структуры была запущена в Карши (Кашкадарьинская область), где всем предпринимателям оказывается помощь в составлении бизнес-планов, экономических обоснований, всех соответствующих документов, практическая помощь в обращении в коммерческие банки. Кроме того, разработана и начала действовать «Дорожная карта» по своевременному запуску проектов и выделению средств. Эта работа ведется по всей республике.
Стало известно, что в 2022 году в рамках региональной программы инвестиций в сельское хозяйство и пищевую промышленность в Кашкадарьинской области будут запущены 302 проекта на сумму 2 трлн сумов. В частности, по производству и переработке масла (449 млрд сумов), муки, хлебных и макаронных изделий (82,6 млрд сумов), кондитерских изделий (5,8 млрд сумов), мясной и молочной продукции (31,9 млрд сумов). В результате этих вложений население будет обеспечено безопасными продуктами питания, а также будут созданы 3 661 новое рабочее место и возможности для них.
Кроме того, в январе-апреле 2022 года был реализован ряд проектов: по пищевой промышленности (на 20,4 млн сумов), по садоводству (на 975 млн сумов), по виноградарству (на 600 млн сумов), по созданию современных теплиц (на 1,7 млрд сумов), по рыбоводству (на 1,5 млрд сумов).
В 2021 году предприятия области произвели продуктов питания на сумму 2 874,5 млрд сумов, а в 2022 году планируется произвести продукции на сумму 108,5% больше, то есть на 3078 млрд сумов.
На сегодняшний день в Кашкадарьинской области функционируют два агрологистических центра вместимостью 8 тысяч тонн и 147 холодильных складов вместимостью 88,6 тысячи тонн.
Следует отметить, что в 2022 году на 8 местных предприятиях пищевой промышленности будет внедрен менеджмент качества в соответствии с международными стандартами.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: