Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher Toʻrayev Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Batsumber Munxjin bilan uchrashdi.
Alisher To‘rayev Mo‘g‘uliston tomonini mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, boshqaruv tizimini rivojlantirish va bu borada eksport salohiyatini oshirish yuzasidan ishlar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar faol ravishda amalga oshirilmoqda. Paxtachilik, g‘allachilik, meva-sabzavotchilik tarmoqlarida klasterlar tashkil etilgani tadbir chog‘ida asosiy misol sifatida keltirildi.
Batsumber Munxjin, o‘z navbatida, Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligining holati haqida so‘zlab berdi. Ta’kidlanishicha, chorvachilik mamlakat agrar sektorining eng rivojlangan tarmog‘i hisoblanadi. Moʻgʻulistonda 70 mln.ga yaqin yirik va mayda qoramol boʻlsa, shundan 35 mln.ga yaqini qoʻy. Shuningdek, janob Munxjin bugungi kunda oʻzaro tovar yetkazib berish asosan quruqlikdagi transport orqali amalga oshirilayotganini taʼkidlab, shu munosabat bilan mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-sotiqning yangi yoʻlagi sifatida charter reyslarini yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi.
Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekiston bilan qator masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Xususan, Batsumber Munxjin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi majlisini 2022-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish bo‘yicha ikki davlat ilmiy idoralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Вчера состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства Узбекистана Алишера Тураева с заместителем министра иностранных дел Монголии Батсумбером Мунхжином.
Алишер Тураев ознакомил монгольскую сторону о проводимых в стране реформах в сфере сельского хозяйства, работе по внедрению современных рыночных механизмов, развитию систем управления и повышению экспортного потенциала в этом направлении. Узбекистан предпринимает активные меры по модернизации и диверсификации отраслевой аграрной сферы. Главным примером тут было отмечено создание кластеров в хлопковом, зерновом и плодоовощном секторах.
Батсумбер Мунхжин в свою очередь рассказал о состоянии сельского хозяйства Монголии. Отмечено, что животноводство – наиболее развитый сектор аграрного комплекса страны. В Монголии насчитывается около 70 млн голов крупнорогатого и мелкого рогатого скота, из них около 35 млн голов приходится на овец. Также г-н Мунхжин отметил, что на сегодняшний день взаимная поставка товаров в основном осуществляется посредством сухопутных грузоперевозок, в связи с чем предложил наладить чартерное авиасообщение в качестве нового коридора для товарооборота между странами.
Монгольская сторона выразила заинтересованность в увеличении интенсивности взаимодействия с Узбекистаном по ряду вопросов. В частности, Батсумбер Мунхжин сообщил о достигнутой договоренности с руководством МИД Узбекистана по созданию Межправительственной комиссии и проведению ее первого заседания во второй половине 2022 г.
По итогам встречи достигнуты следующие договоренности:
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: