“Agrosubsidiya” axborot tizimi (agrosubsidiya.uz) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun mo‘ljallangan. Tizim orqali 19 turdagi subsidiyalarni olish imkoniyati mavjud.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha murojaat etish mumkin:
Tizim foydalanuvchilari uchun quyidagi afzalliklar yaratilgan:
“Agrosubsidiya” axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishdagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tizimda (agrosubsidiya.uz) domen manzili orqali subsidiya va manzilli ro‘yhatga kirish uchun ariza yuborish hamda cabinet.agrosubsidiya.uz manzilida ishchi guruhlar tomonidan arizalarni elektron ko‘rib chiqish jarayonlari avtomatlashtirilgan.
“Agrosubsidiya” axborot tizimini doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida t.me/agrosubsidiya_support telegram-guruhi, hamda 71 206-70-07 raqamlari orqali “call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: