O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 2021-yil 14-iyuldagi 441-son qaroriga asosan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish loyihasi doirasida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Bauer kompaniyasi (Avstriya) o‘rtasida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Unga ko‘ra, Bauer kompaniyasining yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 2,5 foiz stavkada yetkazib va to‘liq o‘rnatib beriladi.
Buning uchun loyiha ijrochisi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Burg‘ilash xizmati MCHJ va hududlardagi fermer-dehqon xo‘jaliklari, klasterlar o‘rtasida lizing shartnomasi tuziladi va shartnoma umumiy qiymatining kamida 15 foizi oldindan to‘lov tarzida amalga oshiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: