Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishtirokida Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA) hamda Xorazm agromaslahat markazi (KRASS) tomonidan “Mosh yetishtirishning yaxshilangan texnologiyalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar bilan bir qatorda “g‘o‘za – bug‘doy” almashlab ekish jarayonida mosh yetishtirishga qiziqish bildirgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
O‘quv treningi davomida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ekspertlari ham o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi. Uchrashuvda fermerlarga mosh yetishtirish, hosil yig‘ilgandan keyin unga ishlov berish, ushbu o‘simlikni himoya qilish choralari hamda urug‘larni to‘g‘ri tanlash masalalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Treningdan asosiy maqsad moshning yuqori hosildor navlarini ekadigan fermerlarning salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, mosh O‘zbekistonda azaldan unchalik katta hajmda yetishtirib kelinmagan. Shu sababli fermerlar uchun yaxshilangan texnologiyalardan foydalangan holda ushbu ekinni yetishtirishga doir bilimlar zarur. Ular dukkakli don ekinlari bo‘yicha yetakchi hisoblangan Hindiston, AQSH, Xitoy, Tayland, Misr va Avstraliya kabi davlatlar tajribasini o‘rganishlari kerak. Qolaversa, mosh hosilini zamonaviy kombaynlar va kichik texnika vositalari orqali terib olishga alohida ahamiyat qaratish foydadan holi bo‘lmaydi.
Mosh – dukkakli oziq-ovqat ekini bo‘lib, vegetatsiya davri qisqa va g‘o‘za-bug‘doy almashlab ekish jarayonida qo‘shimcha ekin sifatida yaxshi mos keladi. Issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan mosh yozning yuqori haroratiga bardosh bera oladi va ko‘p suv talab qilmaydi. U ozuqa moddalariga talabchan ikki ekin – bug‘doy va paxta o‘rtasida tuproqqa ozuqa moddalarini qo‘shadi. Bu esa mazkur almashlab ekish jarayonida qo‘shimcha daromad keltiradi. Mosh ozuqa ekini va qimmat turadigan hayvon oqsili o‘rnini qisman bosa oladi.
O‘quv treningi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida bahorgi va kuzgi bug‘doy yetishtirishga bag‘ishlangan dala kuni bo‘lib o‘tdi.
В городе Нукусе состоялся семинар-тренинг на тему «Улучшенные технологии возделывания маша», организованный Международным центром сельскохозяйственных исследований в засушливых регионах (ИКАРДА) и Хорезмским агро-консультативным центром (КРАСС) с участием Министерства сельского хозяйства Республики Каракалпакстан.
В ходе тренинга своим опытом поделились и эксперты Немецкого общества международного сотрудничества. Фермерам дали рекомендации по технологии возделывания, послеуборочной обработки, и рассказали про меры защиты растений и производства семян.
Основная цель тренинга –укрепление потенциала фермеров, выращивающих высокоурожайные сорта маша. Так как маш исторически выращивался в Узбекистане в небольших масштабах, фермеры нуждались в знаниях по его производству с использованием улучшенных технологий выращивания. Им необходимо перенять опыт Индии, США, Китая, Таиланда, Египта и Австралии, которые выступают лидерами по выращиванию бобовых культур. Кроме того, особое внимание важно уделить уборке урожая с помощью современных комбайнов и мелкой техники.
Маш – это бобовая продовольственная культура с коротким периодом вегетации, которая хорошо вписывается в севооборот «хлопчатник – пшеница» в качестве дополнительной культуры. Будучи устойчивым к жаре и засухе, маш выдерживает высокие летние температуры и для успешного возделывания требует ограниченного орошения. Маш добавляет питательные вещества в почву между двумя требовательными к питательным веществам культурам – пшеницей и хлопком. Это приносит дополнительный доход в таком севообороте. Маш – питательная культура, которое позволяет частично восполнять дорогостоящий животный источник белка.
В рамках тренинга был проведен полевой день, посвященный возделыванию яровой и озимой пшеницы в Республике Каракалпакстан.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: