O‘zbekiston Geografiya jamiyati tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida “O‘zbekistonda sanoat kannabisini yetishtirish istiqbollari va jahon tajribasi” mavzusidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bahodirxo‘ja Temirov “O‘zbekistonda sanoat kannabisini yetishtirish istiqbollari” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.
Tadbirda shuningdek, Turkiyaning Yozgat Bozok Universiteti Sanoat kannabisi ilmiy-tadqiqot instituti professori D-r Gungor Yilmaz tadbir qatnashchilariga sanoat kannabisning o‘tmishi, buguni va ertasi haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni so‘zlab berdi hamda ushbu Universitet rektori Prof. D-r Ahmet Karadag‘ esa “Sanoat kannabisi kimyosi, uning kosmetika sanoatida foydalanishi” haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bundan tashqari, Marmara Universiteti Texnologiya fakulteti To’qimachilik muhandisligi departamenti proffesori D-r Muhammet Uzun “Barqaror xomashyo sifatida sanoat kannabisi” mavzusidagi Yevropa va AQSH universitetlari olimlari bilan kannabisni qayta ishlash sohasida olib borgan istiqbolli loyihalari hamda tajribalari bilan bo‘lishdi.
Anjumanda ishtirokchilar ushbu yo‘nalishda muhim bo‘lgan zamonaviy va samarali texnologiyalarning ahamiyati va qo‘llanilishi bo‘yicha maslahat va tavsiyalarini berishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: