Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligida “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat mutasaddi shaxslaridan tashqari, hududlarda faoliyat olib boruvchi klaster, fermer xo‘jaliklari vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarda yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi holati buzilishining oldini olish, sifatli mahsulot yetishtirish borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil etish, cho‘llanishning oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob oldilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilar mazkur tumanda yangidan tashkil etilgan “Agromarkaz” MCHJ binosining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.
Markazda qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlar, shuningdek, chorva mollari kasalliklariga qarshi dori vositalari va maxsus ozuqa manbalari sotuvi yo‘lga qo‘yildi hamda laboratoriya, onlayn maslahatlar, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, issiqxona qurish, mini texnikalar sotish do‘koni va xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyat olib boradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: