O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida “Mevachilik va uzumchilikning rivojlanishida ilm-fan yutuqlari” mavzusida respublika miqyosida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari, soha olimlari, ishlab chiqaruvchilar, xalqaro mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir besh shoʻbaga bo‘lib o‘tkazildi. Anjumanda meva va uzum seleksiyasining bugungi holati keng muhokama etildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda innovatsion va resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash, tarmoqni mexanizatsiyalash, mevali bog‘ va uzumzorlarni zararli organizmlardan himoya qilishda uchraydigan muammolar borasida olimlarning maʼruzalari tinglandi.
Bundan tashqari anjumanda ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun muhim bo‘lgan mavzu meva va uzum mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalasiga ham batafsil to‘xtab o‘tildi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F-son Farmoyishiga asosan respublika hududlarida mevachilik va uzumchilikning rivojlanishida so‘nggi yillarda erishilgan ilm-fan yutuqlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ushbu tarmoqlarni yanada rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan belgilab berilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
В Республиканском научно-исследовательском институте садоводства, виноградарства и виноделия им. академика М. Мирзаева при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, состоялась конференция республиканского масштаба на тему: «Научные достижения в развитии плодоводства и виноградарства». В нем приняли участие представители профильных организаций, ученые, производители, международные специалисты и эксперты.
Мероприятие было разделено на пять секций. На конференции широко обсуждалось современное состояние селекции плодов и винограда. Ученые также рассказали о применении инновационных и ресурсосберегающих агротехнологий в данной сфере, механизации отрасли, проблемах, возникающих при защите садов и виноградников от вредителей.
Кроме того, производители, участвующие в конференции, подробно обсудили тему внедрения передовых технологий в области хранения и переработки плодово-виноградной продукции.
Конференция организована согласно Распоряжению Кабинета Министров Республики Узбекистан № Р-101 от 7 марта 2022 года, в целях изучения научных достижений последних лет в области развития садоводства и виноградарства в регионах страны, устранения выявленных проблем, а также реализации мер по ускорению дальнейшего развития данных отраслей.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: