Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy–tadqiqot instituti respublika dala maydonlarida ekilayotgan g‘o‘zaning asosiy navlarini yetkazib berishi sir emas. Georgiy Ignatovich Gavrilov boshchiligidagi olimlar tomonidan g‘o‘zaning yangi seleksion, Qoraqalpog‘iston sharoitiga moslashgan navlari yaratilib, 1951-yildan boshlab ishlab chiqarishga joriy etildi. Shuningdek, g‘o‘zaning yangi navlari: KK – 1083, KK – 1543, KK – 602, KK – 1086, KK – 351 (1951-1960-yillarda), Chimboy – 160, Chimboy – 3010 (1965-1975 yillarda), Chimboy – 3014, Chimboy – 4104 (1994-1996 yillarda) davlat nav sinash uchastkalarida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi hamda respublikamizning ekin maydonlariga moslashtirilib, davlat reyestriga kiritildi. Ular har yili 40-55 ming gektar maydonlarga ekilib, yuqori sifatli paxta hosili yetishtirildi. Shuningdek, olimlar tomonidan dastlabki yillardanoq bug‘doy, beda, makkajo‘xori, Sudan o‘tining yangi navlari yaratildi.
Maskanning bog‘bon seleksionerlari tomonidan nokning “Chimboy – 5”, “Chimboy qantli”, qovunning vitaminli “Zamcha”, “Qari qiz”, “Sariq gulyabi” navlari yaratilib, bugungi kunda ekin maydonlariga asosiy navlar sifatida ekilmoqda. Shuningdek, qovunning 30 ga yaqin mahalliy navlari qayta tiklandi. Olmaning 40 dan, nokning 30 dan ortiq navlari o‘rganilib, fermerlarga ekish uchun tavsiya qilindi.
Moyli ekinlar seleksiyasi laboratoriyasi olimlari tomonidan kungaboqarning KK – 1, KK – 60, navlari yaratilib, nav sinash dalalarida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonni shimoliy mintaqalariga mos, tuproq – iqlim sharoitiga javob beradigan soyaning yuqori hosildor, erta pishar navlari ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Rejalar va xalqaro hamkorlik
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan 4425,0 million so‘mlik 2 ta, 2021-2023-yillarda amalga oshiriladigan 977,0 million so‘mlik 1 ta, 2022-2023-yillarda 1190,0 million so‘mlik 1 ta innovatsiya va 2022-2024-yillarda 8518,0 million so‘mlik 1 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirildi.
Shuningdek, ilmiy loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning “Chimboy-5060”, “KK-3535”, Sudan o‘tining “Chimbayskaya-12” va Afrika tarig‘ining “G-6” yaratilgan yangi navlari 2021-yil yakuni bilan Davlat nav sinash komissiyasiga sinash uchun taqdim etildi.
Institut xalqaro IKARDA va IKVA tashkiloti bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Istiqboldagi maqsadlar
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida kelgusida amalga oshiriladigan rejalar talaygina:
Bugun Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bir nechta qishloq xo‘jaligi fanlari doktorlari va fan nomzodlari faoliyat olib borib, o‘zlarining tadqiqotlari va ixtirolari bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga munosib hissa qo‘shishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida
Respublikada ekinbop g‘o‘zalari va yana bir necha turdagi yangi navli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan dong‘i ketgan Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 1958-yil 28-mayda tashkil topgan. 2014-yil 10-fevralda esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, qayta tashkil etildi. Markaz yangi ixtirolar va yuksak salohiyatli olimlar maskanidir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: