Ushbu konferensiya joriy yilning 23-24- iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etildi.
Konferensiya doirasida media-rejalar bo‘yicha yangi platforma taqdimoti namoyish etildi. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlariga platformaning afzalliklari, o‘ziga xos xususiyatlari haqida ko‘rgazmali vositalar orqali keng ma’lumot berildi.
Xususan, mazkur platforma media-rejalarni elektron shaklda tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish, muddati yaqinlashayotgan tadbirlar haqida ogohlantirish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tanqidiy axborotlar nazorati va hisobini inson omilini minimallashtirgan tarzda yuritish kabi imkoniyatlarni mujassam etadi. Platforma dastlab pilot loyiha sifatida 10 ga yaqin vazirlik va idoralarda ishga tushiriladi hamda kelajakda takomillashtirib boriladi.
Shuningdek, 24-iyun kuni konferensiya doirasida “Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlari va OAV hamkorligi istiqbollari” mavzusida milliy anjuman tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozima Davletova, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ishtirok etdilar.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, eng yetakchi tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad hududlarda faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarini yetakchi respublika tashkilotlari tajribasi bilan yaqindan tanishtirish hamda OAVlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: