Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari hamda klasterlar tomonidan otaliqqa olingan xonadonlarga bug‘doy va chorva uchun somon tarqatilmoqda.
Respublika bo‘yicha jami 302,2 mingdan ortiq xonadonlar g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlari tomonidan otaliqqa olingan. Ushbu xonadonlarga o‘rtacha 250 kg.dan bug‘doy doni, 20 tadan somon pressi tarqatish belgilangan. Bugungi kunga qadar 210 mingdan ortiq otaliqqa olingan xonadonlarga 51,1 ming tonnadan ortiq bug‘doy doni va 3,8 mln dona somon pressi fermer xo‘jaliklari va klasterlar tashabbusi bilan aholiga tarqatib berildi.
2022- yilgi g‘alla hosili yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30- maydagi “2022-yil hosilidan bug‘doyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son qaroriga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga 2 mln 550 ming tonna don qabul qilish belgilangan. Shundan, 2 mln 283,5 ming tonna tovar donning 1 mln 783 ming tonnasi davlat resurslariga xarid qilinishi va 500 ming tonnasi vaqtincha saqlashga qabul qilinishi hamda 266,5 ming tonna urug‘ don qabul qilinishi belgilab berilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: