O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda “O‘zbekistonda oziq-ovqat yo‘qotilishi va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha strategik yo‘l xaritasini shakllantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligida bilim va tajribalarni tarqatish bo‘yicha mutaxassislar, milliy muassasalar va nodavlat tashkilotlar xodimlari, shuningdek, fermer tashkilotlari vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Seminar doirasida O‘zbekistonning oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlari va oziq-ovqat chiqindilarini boshqarishga oid qonunchiligi tahlili, ushbu masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va daladagi o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi, mahsulotlar yo‘qotilishining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar bayon qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotilishi va isrofgarchiligining oldini olish va kamaytirish strategiyasi taqdimotiga ham katta e’tibor qaratildi.
“Strategik yo‘l xaritasi O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlari barqarorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni eshiklarini ochadi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Xalqaro moliya institutlari grantlari va loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ramin Gasanov.
Seminar “Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada oziq-ovqat yo‘qotilishi va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish” loyihasi doirasida o‘tkazildi. Loyiha oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotilishi va isrofgarchilikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, oziq-ovqat tizimining fermerlardan to iste’molchilargacha bo‘lgan barcha sohalarini qamrab oladi.
Seminar ishtirokchilari uchta ishchi guruhga bo‘linib, o‘z tavsiyalarini ishlab chiqishdi, xususan:
1) oziq-ovqat yo‘qotishlari va chiqindilari bo‘yicha tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish;
2) qonun hujjatlariga oziq-ovqat mahsulotlarining yo‘qotilishi va isrofgarchiligini kamaytirish borasidagi o‘zgartishlarni kiritish bo‘yicha aniq takliflar bitilgan Qonunchilik ishlari rejasini qabul qilish, jumladan:
3) oziq-ovqat donatlari, oziq-ovqat banklari uchun soliq imtiyozlarini berish;
4) oziq-ovqat yo‘qotilishining oldini olish uchun “best by” yaroqlilik muddatini joriy etish zarurati, bu yaroqli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish imkonini beradi;
5) ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari to‘g‘risida axborot almashish uchun hududlarda ichki oziq-ovqat bozorlari bo‘yicha axborot platformasini yaratish;
6) oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash (yig‘ish, saralash, tashish, saqlash va boshqalar)da innovasion texnologiyalar uchun subsidiyalar ajratish;
7) pestitsidlar va bioagentlardan foydalanish, shuningdek, import, ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish to‘g‘risidagi qoidalarni qabul qilish;
8) oziq-ovqat mahsulotlarining yo‘qotilishi va isrofgarchiligining oldini olish, iste’mol madaniyatini yuksaltirish maqsadida fermerlar, oziq-ovqat operatorlari, iste’molchilar uchun OAV, ilmiy doiralar va jamoatchilik ishtirokida keng axborot-ma’rifiy kampaniya o‘tkazish zarurati kabilar shular jumlasidan.
Seminar yakunlari bo‘yicha Harakatlar rejasi ishlab chiqilib, u O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotilishi va isrofgarchiligining oldini olish hamda kamaytirish bo‘yicha Strategiya loyihasi bilan birgalikda yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: