2022-yilning 3-6-iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Turkiy Agroforum doirasida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning urug‘chilik sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, unda ishtirok etgan Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif mobaynida mehmonlar markazga qarashli Yuqori Chirchiq tumanidagi “Yassaviy Fiyeld” MCHJdagi urug‘lik paxta va soya hamda “Progres Agro biznes” MCHJda urug‘lik makkajo‘xori ekilgan dalalarda bo‘lishdi. Shuningdek, tumandagi “Do‘stlik” urug‘lik sexi faoliyati, yuqori avlodli urug‘lik g‘allani saqlanishi, qayta ishlanishi va qadoqlanishi jarayonlari ham mehmonlar eʼtiboridan chetda qolmadi.
Qardosh davlat delegatsiyasi respublikamizda tadbiq etilgan urug‘chilik tizimini Qozog‘istonda ham joriy etish va bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: