Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida joylashgan “Mega agro” MCHJ hududi avval tosh-shag‘all karyer bo‘lgan yerlardan iborat edi. Sohaga qaratilgan ilm va innovatsiya tufayli bugun ushbu maskan zamonaviy issiqxonaga aylantirildi. Hududning “Hayotbaxsh” qishlog‘ida 16 gektar maydonga gidroponika usulida qurilgan ochiq va yopiq ko‘rinishdagi innovatsion issiqxonaning loyiha qiymati 5 mln dollarni tashkil etadi. Bu yerda 100 nafar yangi ishchi o‘rni yaratilib, natijada qishloqdagi ko‘plab xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi.
Maqsad. Ushbu issiqxonani qurishda yaroqsiz yer maydonini yana foydalanishga qaytarish, uni unumli ishlatish, suv resurslari bilan yetarlicha taʼminlanmagan, sug‘orish qiyin bo‘lgan maydonlarda ham samarali sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zlangandi.
Yutuq. Eʼtiborlisi, gidroponika usulidagi issiqxonada tomchilatib sug‘orish orqali olti baravar kamroq suv sarflanadi. Eng asosiysi, Ispaniya tajribasi asosida qurilgan bunday issiqxonada yuqori hosildorlik ochiq maydondagiga nisbatan to’rt-besh baravar ko‘proqni tashkil etadi. Odatda anʼanaviy usuldagi issiqxonalarda 1 gektar yerdan 20 tonnagacha hosil olish mumkin. Gidroponika usulidagi issiqxonalarda esa, ko‘rsatkich 80 tonnagacha yetadi.
Ishchi kuchining tejalishi. Issiqxonada aysberg karami, pomidor, bodring, ularning ko‘chatlari va turli xildagi ko‘katlar yetishtiriladi. Ular nafaqat respublika bozorlariga yetkazib beriladi,balki 1 mln 500 ming dollarlik hajmda eksport qilish rejalashtirilgan.
Masalan, aysberg karami oddiy ekin maydoniga 60 ming donagacha ekilsa, gidroponika issiqxonasida esa 144 ming dona ekiladi. Bunda hosildorlik issiqxonada 3 baravargacha ortiq bo‘ladi. Bu yerda ekinlarni sug‘orish, ularga o‘g‘it berish to‘liq avtomatlashtirilgan. Faqatgina ko‘chat ekish va hosil yig‘ishda ishchi kuchidan foydalaniladi, xolos.
Территория ООО «Мега Агро», расположенная в Пахтаабадском районе Андижанской области, ранее была каменно- щебеньным карьером. Благодаря науке и инновациям, сегодня это место превратилось в современную теплицу. Стоимость проекта открытой и закрытой инновационной теплицы, построенной методом гидропоники на 16 га в поселке «Хаятбахш» района, составляет 5 миллионов долларов. Здесь было создано 100 новых рабочих мест, благодаря чему многие женщины села теперь обеспечены рабочими местами.
Цель. При строительстве этой теплицы на неиспользуемых землях была поставлена цель использовать их продуктивно, наладить здесь эффективную систему орошения даже в тех районах, где было недостаточное поступление воды и трудно поддающихся орошению.
Достижение. Примечательно, что гидропонная теплица использует в шесть раз меньше воды с помощью капельного орошения. Главное, что в такой теплице, построенной по испанскому опыту, высокая урожайность в четыре-пять раз выше, чем в открытом грунте. Обычно с 1-го га земли в традиционных теплицах можно получить до 20 тонн урожая. А в гидропонных теплицах показатель достигает 80 тонн.
Экономия рабочей силы. В теплице выращивают капусту айсберг, помидоры, огурцы, их рассаду и различную зелень. Они будут поставляться не только на рынки республики, но и планируется их экспорт на сумму 1 миллион 500 тысяч долларов.
Например, в обычном поле высаживают до 60 000 единиц капусты айсберг, а в гидропонной теплице – 144 000 единиц. При этом, продуктивность в теплице становится выше до 3 раз. Полив посевов и внесение удобрений здесь полностью автоматизированы. Рабочая сила используется только для посадки и сбора урожая.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: