Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzosi Rasul Kusherbayev tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar.
G‘allachilik bo‘yicha davlat majburiyati rejasi bekor qilinganligiga qaramay, uning o‘rniga klaster rejasining paydo bo‘lishi, klasterlarning fermerlarni majburlab shartnoma tuzdirayotgani, qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan resurslar faqat klasterga ajratilishi, klasterdan o‘tib keyin fermerga borayotganligi, nima uchun shu yo‘nalishdagi qonunlarning ishlamayotganligi, yaʼni qishloq xo‘jaligi ishtirokchilarining hammasiga teng qarab, teng sharoit yaratilmayotganligi masalalariga doir birinchi savoliga javob.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “boshoqli don yetishtiruvchilar klasterlar bilan shartnoma tuzishga har xil yo‘llar bilan majburlanmoqda hamda mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatlari taʼminlanmayapti”, degan fikrlar muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.
Avvalo shuni taʼkidlash joizki, respublikamizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan aralashishga yo‘l qo‘ymaslik va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini keng joriy qilish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Jumladan:
PQ-10-son qaror bilan davlat resurslariga g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan bug‘doy hosilini g‘alla ekilgan har bir gektar sug‘oriladigan maydon hisobiga o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 mln 550 ming tonna g‘allani birjada shakllangan narxlarda sotilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Qolgan qismini fermer xo‘jaliklari klasterlar bilan kelishib ixtiyoriy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bozor yoki o‘rtacha birja narxlarida erkin sotadi.
Shuningdek, boshoqli donni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga hech qaysi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan aralashishga xaqqi yo‘q va ushbu jarayon tomonlarning kelishuviga asosan erkin ravishda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-ilovasiga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari belgilab berilgan.
Xususan:
Shartnomalar tuzilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy va tuman bo‘linmalari hodimlari ishtirok etmaydi va bir tomon manfaatiga yon bosgan holda ish olib bormaydi.
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalaridagi masʼul hodimlarga nisbatan “bir tarafning manfaatini himoya qiladi, klasterlarga yon bosadi” degan fikrlar noo‘rin bo‘lib, ularning shaʼniga nisbatan haqoratli hisoblanadi.
“Temir daftar”da hisobda turuvchi fuqarolar uchun yerlar kimning hisobidan ajratilayotganligi, bu borada fermerlar yoki tadbirkorga biriktirilgan yerlardan ajratilib, ularning roziligi olinmayotganligi, ushbu ajratilgan yerlarning solig‘ini kim to‘lashi, uning rejasini kim bajarishi, bu fermerning bo‘ynida qolib ketayotganligi, bu bilan hech kimning ishi yo‘qligi, ushbu masalaning qonuniy, huquqiy asosi, masʼuliyat kimda ekanligi haqidagi ikkinchi savoliga javob.
Ehtiyojmand oilalar, jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”iga kiritilgan fuqarolar uchun yaratilgan tizim va mexanizmlar deputat Rasul Kusherbayev taʼkidlaganidek, achinarli holatda emas va huquqiy asosi mavjud.
Maʼlumki, unumdor yerlar, umuman yer cheklangan resurs, uning hududini kengaytirib va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi yerning boshqa resurslardan farqlanadigan xususiyatidir. Shuning uchun ham fermer va dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalari ehtiyojmand oilalarga ajratib berildi. Biroq, vaqtinchalik yaʼni faqat g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekib daromad olish uchun ajratiladi. Shu sababli ushbu yerlar ehtiyojmand oilalarga 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilgan.
Bunga huquqiy asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 242-moddasi hisoblanadi. Ushbu moddaga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
Shu o‘rinda quyidagi maʼlumotlarga eʼtibor qaratmoqchimiz:
2021-yilda yoshlar bandligini taʼminlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun respublika bo‘yicha 31,3 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar tasarrufidagi 175,2 ming gektar sug‘oriladigan asosiy va takroriy ekin maydonlari ajratib berilib, 613,5 ming nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi. Ushbu yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish natijasida jami 5,1 trln. so‘m daromad olingan.
Joriy yilda ham g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga 820,8 ming ga maydonning 119,6 ming gektari (14,6 %)ni ehtiyojmand oilalarga ajratish ishlari amalga oshirilmoqda va buning natijasida 126 ming nafar ishsiz fuqarolarning mavsumiy bandligi taʼminlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qaroriga asosan 2022-2025-yillarda 200 ming gektar, shu jumladan, 2022-yilda 80 ming gektar paxta-g‘alla yerlari qisqartirilib dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun fuqarolarga ochiq elektron tanlovlar asosida ajratish belgilandi.
Shunga asosan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan elektron tartibda kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” axborot tizimi (http://e-ijara.uz/) yaratildi va ushbu tizimga 17 ta vazirlik va idoralarni integratsiya qilish orqali idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi;
66,9 ming gektar maydonda ochiq elektron tanlov g‘oliblari aniqlanib, 320 ming nafar (22 ming nafari xorijdan qaytgan) fuqarolarga jumladan, 19,5 ming gektar yerlar “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlarida ro‘yxatda turgan 97 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun berildi;
– ushbu maydonlarga sabzavot – 14,7 ming ga, kartoshka – 10,1 ming ga, poliz – 8,9 ming ga, moyli – 6,5 ming ga, dukkakli – 10,6 ming ga, boshqa ekinlar – 11,8 ming ga ekilib, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha jami 1,1 mln. tonnadan ortiq mahsulotlar yetishtirish kutilmoqda.
Endi daftarlarga kiritilgan aholiga hamda dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun fuqarolarga ajratilgan yerlarga to‘lanadigan soliqlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak.
Respublikamizda 1 ga sug‘oriladigan yer maydoni uchun yer solig‘i miqdori o‘rtacha 213 ming so‘mni tashkil etadi va u bir yil uchun bir marta to‘lanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda barcha normalar belgilangan bo‘lib, unga asosan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish ikkilamchi ijaraga beruvchining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
Demak, birinchi yo‘nalish – yer ehtiyojmand aholiga ikkilamchi ijaraga berilganda, fermer ushbu yerda asosiy ekinni yetishtirib, g‘alladan o‘rtacha 64 sentnerdan hosil olgandan so‘ng, fuqarolarga bergan. Ushbu yer uchun, albatta, fermer xo‘jaligi yer solig‘ini to‘laydi.
2-yo‘nalishda, 709-son qaror bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning Maʼmuriy Reglamentiga muvofiq yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaligi tomonidan yer solig‘i to‘lanadi.
Amaldagi huquqiy asoslarda har ikkala holatda ham soliq to‘lovchi subyekt aniq belgilangan.
Qishloq xo‘jalik yerlarida yagona yondashuvning haligacha yo‘qligi, qishloq xo‘jaligi yerlarini noqonuniy egallab olishdan saqlash borasida nima uchun hammaga teng qaralmayotganligi, nimaga haligacha katta yo‘l yoqasida yirik tadbirkorlar uchun qishloq xo‘jalik yerlari ajratib kelinayotganligi, nega AYOQSH uchun hamon yer ajratib berish holati ketayotganligi, kichik tadbirkorlik subyektlari uchun esa buning aksi kuzatilayotganligi, nima uchun bu masalada yondashuv bir xil emasligi, qishloq xo‘jaligi yerlarining bu kabi olib qo‘yilayotganligi oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid bo‘layotganligi, nima uchun bu bo‘yicha yagona davlat siyosati yuritilmayotganligi haqidagi uchinchi savoliga javob.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni 10-bandida yer toifasidan qatʼi nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshoatlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Shunga qarmasdan, vazirlik Toshkent shahriga o‘tkazilgan qishloq xo‘jalik yerlarida jami 181 ta holatda 295 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilayotgan hamda 2021-yil dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “E-auksion” savdo platformasiga joylashtirilgan jami 94,2 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar 647 ta lotlarga bo‘lingan holda asossiz ravishda noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun auksion savdolariga qo‘yilgan holatlar aniqlanib, huquqiy choralar ko‘rish uchun vazirlikning 2021-yil 19-noyabrdagi 01/022-808-sonli xati bilan Bosh prokuraturaga axborot kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-moddasiga muvofiq, sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish bo‘yicha yagona yondashuv yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-204-son qarorining 3-bandiga asosan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tasdiqlandi va uning tarkibi 16 ta vazirlik va idoralar rahbarlaridan tashkil topgan.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022-yil 30-apreldagi 03-03/1-792 – sonli Bayoni bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish bo‘yicha tartib” tasdiqlandi.
Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalari belgilangan tartibda Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Haqiqatda, deputatimiz aytgandek, ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasini o‘zgartirish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlar ham mavjud. Buning asosiy sababi, hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy xokimliklar tomonidan sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritilishi va ularning ijrosini taʼminlash “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida nazoratga olinishi majburiy tartibda yer toifasini o‘zgartirishga olib kelmoqda.
Детальные ответы на вопросы, заданные Расулом Кушербаевым, членом Комитета по противодействию коррупции и судебно-правовым вопросам.
Ответ на первый вопрос касательно того, отмены госплана по производству зерна, вместо которого появился кластерный план и кластеры вынуждают фермеров подписывать контракты, ресурсы сельского хозяйства, выделяющиеся только кластеру, а затем кластер передает их фермеру. Почему законы в этом направлении не работают, почему для всех участников сельского хозяйства нет одинакового отношения, не созданы равные условия.
На сегодняшний день мнение о том, что «зерноводов различными способами принуждают к заключению договоров с кластерами и не обеспечиваются интересы товаропроизводителей», вызывают много вопросов и дискуссий в социальных сетях.
В первую очередь стоит отметить, что в нашей республике существует ряд нормативных правовых документов, которые регулируют отношения между выращивающими, перерабатывающими и реализующими продукцию субъектами, а также установлено, что в деятельность субъектов предпринимательства не допускается вмешательство государственных органов, иных организаций и их должностных лиц, субъектам предпринимательства оказывается всесторонняя поддержка, широко внедряются рыночные отношения в сельскохозяйственную отрасль.
В частности,
Постановлением №ПП-10 предусмотрено, что для государственных ресурсов через биржевые торги в среднем по республике свободно реализуется по 2,5 тонны с каждого гектара всего 2 млн 550 тыс. тонн зерна, орошаемой площади, засеянной зерном, урожай которого выращен зерновыми кластерами и фермерскими хозяйствами.
Оставшаяся часть свободно реализуется фермерскими хозяйствами по согласованию с кластерами на основе прямых договоров по рыночным или среднебиржевым ценам.
А также никакие органы государственной власти и их должностные лица не имеют права вмешиваться в заключение договоров о закупке зерновых культур и этот процесс осуществляется свободно на основании соглашения сторон.
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от
4 сентября 2003 года № 383 утверждено Положения «О порядке заключения, регистрации, исполнения договоров между производителями сельскохозяйственной продукции и заготовительными, обслуживающими организациями, а также мониторинга за их исполнением», согласно приложению №1 данного положения, определены этапы заключения договоров и их регистрация между производителями сельскохозяйственной продукции и организациями, оказывающими услуги и подготовку.
В частности определено, что:
Сотрудники областных и районных управлений Минсельхоза не участвуют в составлении договоров и не выступают в пользу одной из сторон.
В отношении должностных лиц министерства и его территориальных подразделений неуместны и оскорбительны для их чести мнения о том, что «они защищают интересы одной стороны, и выступают за интересы кластера».
Ответ на второй вопрос о том, за чей счет выделяется земля гражданам, зарегистрированная в «Темир дафтар», что они выделяются из земель, принадлежащих фермерам или предпринимателям без их согласия, кто оплачивает налоги, кто выполняет план, это все остается обязанностями фермера, никто этим вопросом не занимается, кто несет ответственность за юридическую, правовую основу данного вопроса.
Созданные системы и механизмы для малообеспеченных семей, в частности, для граждан, включенных в «Железную тетрадь», «Женскую тетрадь» и «Молодежную тетрадь» не находятся в плачевном состоянии как отметит Расул Кушербаев и имеют правовую основу.
Известно, что плодородная земля, земля вообще, является ограниченным ресурсом, ее территорию нельзя расширять и перемещать с одного места на другое, что является характерной чертой земли, отличающей ее от других ресурсов. Поэтому земельные участки, сдаваемые в аренду фермерам и дехканским хозяйствам, были отданы нуждающимся семьям. Однако она выделяется временно, т. е. только для получения дохода за счет посева повторного урожая на пустующих от зерна полях. По этой причине эти земли сдаются в субаренду малообеспеченным семьям на срок до 1 года.
Правовой основой для этого является статья 242 Земельного кодекса Республики Узбекистан. В соответствии с ней земельный участок, предназначенный для ведения сельского хозяйства, может быть передан в субаренду на срок до одного года.
Здесь мы хотели бы обратить внимание на следующие сведения:
В частности, овощи посажены на 14,7 тыс. га, картофель на 10,1 тыс. га, сахарный тростник на 8,9 тыс. га, масличные на 6,5 тыс. га, бобовые на 10,6 тыс. га, прочие культуры на – 11,8 тыс. га, и по предварительным оценкам из этих площадей планируется произвести более 1,1 млн тонны продукции.
Теперь о налогах, уплачиваемых на земли населением, включённым в тетради, и отведенную гражданам для создания дехканского хозяйства.
В нашей республике средний размер земельного налога за 1 орошаемую площадь составляет 213 тыс. сумов и уплачивается один раз в год.
В Положении «О порядке вторичной аренды земельных участков сельскохозяйственного назначения», утвержденном постановлением Кабинета Министров № 709 от 24 ноября 2021 года приведены все нормы, согласно которым вторичная аренда земельного участка не освобождает вторичного арендодателя от исполнения обязательств, предусмотренных договором долгосрочной аренды земельного участка.
Итак, первое направление – когда земля отдается малоимущему населению во вторичную аренду, фермер вырастил на этой земле основной урожай и после получения среднего урожая в 64 центнера зерна, отдает землю на вторичную аренду. За эту землю, естественно, фермерское хозяйство платит земельный налог.
По 2-му направлению – земельный налог уплачивается вновь созданным дехканским хозяйством в соответствии с Административным регламентом об аренде земельных участков для ведения дехканского хозяйства, утвержденным постановлением № 709.
В обоих случаях налогоплательщик четко определен в действующем законодательстве.
Ответ на третий вопрос о том, что до сих пор нет единого подхода к землям сельхозназначения, почему все еще не существует одинакового подхода при защите земель сельхозназначения от незаконного захвата, почему земли сельхозназначения на обочине дороги до сих пор выделяются крупным предпринимателям, почему земли до сих пор выделяются под АЗС, а для субъектов малого предпринимательства таких льгот нет, почему подход к этому вопросу неодинаковый, конфискация земель сельхозназначения угроза продовольственной безопасности, и почему нет единой государственной политики в этом направлении.
Указом Президента Республики Узбекистан № УП-6243 от 8 июня 2021 года определено, что выявление случаев неосуществления государственной регистрации прав на земельные участки, всех видов независимо от категории земель, а также на здания и сооружения, принятие мер по недопущению самовольного захвата земельных участков и самовольного изменения их границ, государственный контроль за целевым использованием земель осуществляется Агентством по кадастру при Государственном налоговом комитете.
Несмотря на это, министерством выявлены 181 случай самовольного захвата и пользования в несельскохозяйственных целях, 295 га земель сельскохозяйственного назначения, переданных Ташкенту, а в декабре 2021 года было выявлено, что в общей сложности 94,2 га земель сельскохозяйственного назначения, размещенных на торговой площадке «Электронный аукцион» в Республике Каракалпакстан и ее регионах, разделенных на 647 лотов, были необоснованно выставлены на торги в виде несельскохозяйственного назначения. Данная информация была направлена в Генеральную прокуратуру письмом Министерства № 01/022-808 от 19 ноября 2021 года для принятия мер правового воздействия.
В соответствии со статьей 9 Земельного кодекса Республики Узбекистан перевод неорошаемых земель из категории земель сельскохозяйственного назначения в другую категорию земельного фонда производится Кабинетом Министров Республики Узбекистан.
Перевод орошаемых земель из категории земель сельскохозяйственного назначения в другую категорию земельного фонда или в категорию неорошаемых земель — в соответствии с решением Президента Республики Узбекистан.
Установлен единый подход к изменению категории земель сельскохозяйственного и лесного фонда. В частности, пункта 3 Постановления Президента Республики Узбекистан
№ПП-204 от 12 апреля 2022 года «О мерах по совершенствованию порядка выделения земельных участков для инженерно-коммуникационных сетей» создана Правительственная комиссия по рассмотрению вопросов изменения категорий земельного фонда земель сельскохозяйственного назначения и лесного фонда, в состав которой вошли руководители 16 министерств и ведомств.
Протоколом Правительственной комиссии от 30 апреля 2022 года № 03-03/1-792 по рассмотрению вопросов изменения категорий земельного фонда земель сельскохозяйственного назначения и лесного фонда утвержден «Порядок изменения категорий земельного фонда земель сельскохозяйственного и лесного фонда».
На сегодняшний день вопросы изменения категорий земельного фонда сельскохозяйственных и лесных угодий рассматриваются Правительственной комиссией в установленном порядке.
На самом деле, как сказал наш депутат, в ряде случаев возникают проблемные ситуации, связанные с изменением категории земель сельскохозяйственного назначения. Основная причина этого заключается в том, что предложения органов местного самоуправления об изменении категории орошаемых земель для реализации инвестиционных проектов в регионах и обеспечения контроля их реализации в межведомственной единой электронной системе «Ijro.gov.uz» приводят к обязательным изменениям в категории земли.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: