Avval O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Buxoro viloyatida ushbu hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos pomidor navlarini yetishtirish bo‘yicha tadqiqot olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. “Bobkat F1”, “Tomsk F1”, “Lojain F1”, “Red stone”, “Seraj F1”, “Mustaqillik-28”, “Rio Grande” kabi navlar iyul oyining issiq ob-havo sharoitidan muvaffaqiyatli o‘tib, tajriba-sinov jarayonida yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyon etmoqda.
Institut olimlarining taʼkidlashicha, asosiy sabzavot ekini bo‘lgan pomidor salqinsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun havo harorati +40°C dan oshsa o‘sish va rivojlanishdan to‘xtaydi. Kuchli issiq natijasida pomidor mevasining ayrim qismlarini quyosh urishiga, gullarining to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa pomidor sifatining pasayishiga olib keladi.
“Joriy yil Buxoro viloyatining ayrim qismlari, xususan Jondor tumanida havo haroratining +45-47°C bo‘lganligi pomidor o‘simligiga alohida etibor berishni talab qildi. Soyalatish maqsadida biz makkajo‘xorining qurigan poyasi, somon kabi yengil poyali o‘simliklar bilan 5 sm qalinlikda soyalatib turdik, namlikni saqlash uchun esa kechasi sug‘orildi”, – deydi Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Gulshoda Saidova.
Eʼtiborlisi, kuchli issiqdan keyin ayrim pomidor duragaylari navlarida bo‘yining o‘sishi, gullash kabi jarayonlar kuzatilmoqda. Hozirgi kungacha tajriba maydonida pomidordan gektariga 45-50 tonna hosil olindi. Olimlar kech kuzgacha pomidor yig‘ishni maqsad qilishgan.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining Buxoro viloyatida olib borayotgan izlanishlari davomida kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar sharoitida pomidor navlar to‘plamini har tomonlama o‘rganish asosida istiqbollilarini ajratish, ularni turli sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash meʼyorlarida o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish ishlari olib boriladi.
Maqsad sho‘rga, issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamli nav tanlash va uni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish. Shuningdek, kelgusida Buxoro viloyati iqlim sharoiti uchun mos nav yaratish.
Ushbu ilmiy tadqiqotlar 2022-2024-yillar mobaynida institutning Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasida o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Ранее мы сообщали, что ученые научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан ведут исследования по выращиванию сортов томатов, подходящих под почвенно-климатические условия Бухарской области. Сорта «Бобкат F1», «Томск F1», «Ложан F1», «Ред стоун», «Серадж F1», «Индепенденс-28», «Рио-Гранде» успешно выдержали жаркие погодные условия июля и показали в процессе испытаний хорошие результаты.
Как утверждают ученые института, томат, являющийся основной овощной культурой, является растением, любящим прохладу. Поэтому при температуре воздуха выше +40°С перестает расти и развиваться. В результате сильной жары некоторые части плодов обгорают на солнце, а цветки опадают. Это приводит к снижению качества томатов.
«В этом году температура воздуха в некоторых районах Бухарской области, особенно в Жондарском районе, составила +45-47°С, что требовало особого внимания к томатам. Чтобы их сберечь, мы притеняли землю сухими стеблями кукурузы и легкостебельными растениями типа соломы толщиной 5 см, а ночью поливали для сохранения влаги», – рассказала Гульшода Саидова, докторант НИИ овощебахчевых культур и картофеля.
Стоит отметить, что после сильной жары у некоторых сортов гибридов томатов наблюдаются рост и цветение. На сегодняшний день на опытном участке собрано 45-50 тонн томатов с гектара. Ученые намерены собирать урожай до поздней осени.
В ходе проводимых исследований, учеными НИИ овощебахчевых культур и картофеля в Бухарской области осуществляют отбор перспективных сортов на основе комплексного изучения томата в условиях слабозасоленных почв. Совершенствуются технологии возделывания при различных режимах орошения и норм внесения удобрений.
Цель – отбор соле-, жаро- и засухоустойчивого сорта и разработка технологии его выращивания. А также создание в будущем сорта, подходящего для климатических условий Бухарской области.
Эти научные исследования планируется провести на Бухарской научно-экспериментальной станции института в течение 2022-2024 годов.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: