In vitro laboratoriyalarida mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan holi hamda qurg‘oqchilikka chidamli, turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlari yetishtiriladi.
Ana shunday laboratoriyalardan biri 2019-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida “Sag agro” MCHJ tomonidan ishga tushirilgan. Laboratoriya uchun jami 24 gektar yer ajratilgan bo‘lib, shundan 0,24 gektar yer maydonida laboratoriya, 2 gektar maydonda zamonaviy issiqxona qurib bitkazilgan va 3 gektarda yangi issiqxona qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, 18 gektardan ortiq yer maydonida O‘zbekistonda uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar ko‘chatlari, onalik materiallari olib kelinib parvarish qilinmoqda.
Bugungi kunda laboratoriyada yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos, o‘rik, nok va olma kabi mevali daraxtlarning klon payvandtaglari va payvandlangan ko‘chatlari tayyorlanmoqda.
2022-yil bahor mavsumida 1 mln dona, kuz mavsumida esa 1,8 mln dona turli xil mevali daraxtlar payvandtaglari, payvandlangan ko‘chatlari va manzarali ko‘chatlar yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, “In vitro” laboratoriyasi 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushiriladi va yillik quvvatni 15 mln donaga chiqarish maqsad qilingan.
Laboratoriya AQSHning “UC Devis” “Driver consulting, INC” kompaniyasi, Samarqand Veterinariya tibbiyot instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Laboratoriyaning 10 dan ziyod biotexnolog, agronom va agroximik xodimlari Turkiya davlatining Adana viloyatida joylashgan “Beta fidanchilik”, Izmir viloyatidagi “Ikiz fidan” In Vitro laboratoriyalarida hamda Mersin viloyatining “Alata arashtirma merkezi” laboratoriyalarida malaka oshirib qaytdilar.
В лабораториях in-vitro выращивают клоновые подвои и привитые саженцы сортов плодовых деревьев. Растения не подвержены болезням и вредителям, устойчивы к засухе, адаптированы к различным климатическим условиям.
Одна из таких лабораторий запущена в 2019 году в Джамбайском районе Самаркандской области компанией ООО «Sag agro». Всего под лабораторию отведено 24 га земли, из них на 0,24 га лаборатория, на 2 га современная теплица, на 3 га планируется строительство новой теплицы. Кроме того, на площади более 18 га выращивается 65 привезенных саженцев плодовых деревьев и посадочного материала, которых ранее не было в Узбекистане.
Сегодня в лаборатории выращивают клоновые подвои и привитые саженцы плодовых деревьев, таких как грецкий орех, миндаль, персики, вишни, абрикосы, груши и яблони.
В весеннем сезоне 2022 года планировалось вырастить 1 млн штук, а в осенний сезон – 1,8 млн штук различных подвоев плодовых деревьев, привитых саженцев и саженцев декоративных растений. Кроме того, деятельность лаборатории «In-vitro» будет запущена на полную мощность в 2024 году, а ее годовую мощность планируется увеличить до 15 млн единиц.
Лаборатория установила сотрудничества с американскими компаниями «UC Davis», «Driver Consulting, INC», Самаркандским ветеринарным медицинским институтом, Самаркандским государственным университетом, Самаркандским филиалом Ташкентского государственного аграрного университета и Центром геномики и биоинформатики Академии наук Республики Узбекистан.
Более 10 биотехнологов, агрономов и агрохимиков лаборатории прошли обучение в «Beta fidanchilik», расположенном в регионе Адана Турции, в in-vitro лабораториях «Ikiz fidan» в регионе Измир и в лабораториях «Alata arashtirma merkezi» региона Мерсин.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: