Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu seminarning ikkinchi kuni.
Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida shakllantirilgan 12 ta innovatsion guruhlar faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar asosida loyihalar ishlab chiqish va uni moliyalashtirishdan iboratdir.
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning viloyatlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi agroxizmatlar markazlari, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqda.
BMTTD loyihasining milliy koordinatori Ulug‘bek Islamovning aytishicha, Innovatsion guruhlarning asosiy maqsadi, qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan kengroq foydalanish hamda mavjud muammolarni ilm-fan, tadqiqot, xizmat ko‘rsatish tizimi va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya orqali bartaraf etishdan iborat.
Taʼkidlash lozim, Innovatsion guruhlar qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashib, uning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimga ega innovatsion loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Ushbu guruh tarkibi fermer, dehqon xo‘jaliklari, tadqiqotchi, agrobiznes vakillari, tadbirkorlar va tashkilot vakillaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ular turli muammo va kamchiliklarni jamoaviy tadqiqotlar olib borish orqali bartaraf etishga qaratilgan innovatsion yechim va yondashuvdan iborat loyihalarni ishlab chiqib, amalga oshiradilar.
Tadbirda shuningdek, oziq-ovqatlar yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etishning ahamiyati, qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashishning dolzarb masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Jumladan, sunʼiy yo‘ldosh maʼlumotlari asosida qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish mavzularida ekspertlar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Innovatsion guruhlarga “EU-AGRIN” loyihasi tomonidan taqdim etiladigan grant mablag‘lariga ega bo‘lish mezon va shartlari haqida ma’lumotlar berildi.
So‘ngra 12 ta innovatsion guruh vakillari tomonidan grant mablag‘lari uchun loyiha hujjatini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Har bir guruh o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlari hamda amalda joriy etiladigan innovatsion g‘oyalari aks etgan loyiha hujjatini ishlab chiqdi.
Tadbir yakunida 12 ta innovatsion guruh tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti qatnashuvchilar tomonidan muhokama qilindi. Har bir loyihaning faoliyati davomida uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlari, muammo va kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar, qo‘shimcha taklif va tavsiyalar bildirildi.
В городе Ташкенте проходит совместный тренинг Программы развития ООН (ПРООН) и Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан «Поддержка инклюзивного перехода к зеленой экономике в агропродовольственном секторе и развитие климатически оптимизированной системы знаний и инноваций в сельском хозяйстве Узбекистана» («EU-AGRIN»), финансируемого Европейским Союзом. Сегодня второй день этого семинара.
Основной целью организации данного мероприятия является развитие деятельности 12 инновационных групп, сформированных в Ташкентской, Ферганской, Кашкадарьинской областях, разработка проектов на основе научных исследований и их финансирование.
В семинаре принимают участие представители сельскохозяйственных научно-исследовательских институтов и их областных научно-опытных станций, Центров агроуслуг Ферганской, Кашкадарьинской и Ташкентской областей Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве, средне-специальных учебных заведений, специализирующиеся в области сельского хозяйства и фермерских хозяйств.
Как отметил национальный координатор проекта ПРООН Улугбек Исламов, основная цель инновационных групп – более широкое использование возможностей в сельском хозяйстве и устранение существующих проблем за счет взаимной интеграции науки, исследований, системы обслуживания и производства.
Следует отметить, что «Инновационные группы» разрабатывают и реализуют инновационные проекты с научно-практическим решением, направленным на адаптацию к изменению климата в сельском хозяйстве и смягчение его негативных последствий. В состав этой группы могут входить представители фермерских и дехканских хозяйств, агробизнеса, исследователи, предприниматели и представители организаций. Они разрабатывают и реализуют проекты, состоящие из инновационных решений и подходов, направленных на преодоление различных проблем и недостатков путем коллективных исследований.
Также на мероприятии представлены презентации по внедрению международных стандартов в производство продуктов питания, актуальным вопросах адаптации к изменению климата в сельском хозяйстве. В частности, с докладами на темы эффективного использования земель сельскохозяйственного назначения на основе спутниковых данных выступили эксперты.
«Инновационные группы» были проинформированы о критериях и условиях получения грантовых средств, предоставляемых проектом «EU-AGRIN».
Затем представители 12 инновационных групп провели практические занятия по разработке проектного документа на грантовые средства. Каждая группа разработала проектный документ, в котором были отражены меры по реализации своего направления и инновационные идеи, которые необходимо реализовать на практике.
В завершение мероприятия участники обсудили презентации проектов, разработанных 12 инновационными группами. Были предложены мнения, дополнительные предложения и рекомендации по устранению препятствий, проблем и недостатков, которые могут возникнуть в ходе реализации каждого проекта.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: