Mamlakatimizda olma bog‘larini barpo qilishda ular uchun mos nav tanlash juda muhim. Har bir hududning tuproq, suv sharoitidan, uning ekunlar ekish yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, navlar tanlanadi.
Respublikaning barcha toifa xo‘jaliklarida olma daraxti ekishga mo‘ljallangan jami 128,6 ming gektar, shundan, 92,5 ming gektar maydon hosiliy maydon hisoblanadi.
Oxirgi yillarda 33,1 ming gektar maydonda intensiv olma bog‘lar barpo etildi. Ushbu maydonlarda 1 mln 320 ming tonna (jami meva yetishtirishni 44 foiz tashkil etadi) yalpi hosil olish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi reestriga 59 ta olma navi kiritilgan.
Olma navlari.
“Starkrimson navi”— Amerika Qo‘shma Shtatlarida yaratilgan. Kech kuzda pishadigan olmaning ushbu navini sentyabr oyida teriladi. Mevasi yirik bo‘lgan navning daraxtini bo‘yi o‘rtacha 4,7 metr bo‘lib, shoxlari siyrak.
Shimoliy Amerikadan keltirilgan “Golden Delishes” olmaning kechki navi bo‘lib, pakana bo‘yli daraxti ekilganidan so‘ng 3-4-yili hosilga kiradi.
“Gold spur” — “Golden Delishes” navining duragayi hisoblanadi. Simbag‘azli bog‘larda yaxshi shakllanib, erta hosilga kiradi va serhosil hisoblanadi. Bu nav past bo‘yli va o‘rta bo‘yli payvandtagga ulangan daraxtlarda ham yaxshi samara beradi.
“Djonatan” — Amerikada yaratilgan nav. Mevalarini asosan, isteʼmolga ishlatiladi. Yo‘lda tashishga chidamli, noyabr-dekabr oylarigacha sovutkichlarda yaxshi saqlanadi. Daraxtlari o‘rta bo‘yli, dumaloq yoyiq shakl hosil qiladi, novdalari egilib osilib turadi, sovuqqa yetarlicha chidamli. Simbag‘azda tanasi yaxshi shakllanadi, lekin o‘sish davrida tanasini siyraklashtirib turish zarur. Erta hosilga kiradi, mo‘l va har yili hosil beradi.
“King devid” ham Amerikada yaratilgan nav hisoblanadi. Pakana bo‘yli daraxti nordon shirin mazali, yoqimli xushbo‘y olmalarni tortiq etadi. Saqlanish davri uzoq, tashishga judayam chidamli. Serhosil va qishga chidamli nav. Pakana payvandtagda ikkinchi-uchinchi yili past bo‘yli payvandtagda esa, to‘rtinchi-beshinchi yili hosilga kiradi. Har yili mo‘l hosil beradi.
Avstriyani qadimiy navlaridan bo‘lgan “Granni smid” qishki nav sanalib, Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Daraxti ancha kuchli o‘sadi, hosili bir xil emas. Mevasining saqlanish muddati 10 oydan ko‘proq.
“Fudji”— Yaponiyada yaratilgan qishki nav. Oddiy sharoitda to‘rt oygacha saqlanadi. Sovutgichda may oyigacha o‘zining xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Mevasi dumaloq, chiroyli qizil malina rangli, sersuv va shirin.
Gala Must— Yevropa mamlakatlarida eng erta pishadigan sifatli olma navi. Avgust oyining ikkinchi-uchinchi o‘n kunligida pishadi (Yevropada). Mevasining pishishi bir tekis. Shuning uchun yetilishiga qarab ikki-uch marotaba teriladi. Yangi Zelandiyada yaratilgan. Bu navning ko‘pdan-ko‘p kurtak duragaylari mavjud, ular mevasining rangdorligi, o‘sish kuchi, hosildorligi, daraxtlar shakli va mevaning pishish muddati bilan bir-biridan farq qiladi. Bu navlar “Gala Mayet”, “Gala Michi” va boshqalar.
Breburn — Yangi Zelandiyada yaratilgan, Amerika va Yevropada keng tarqalgan qishki nav. Mevasi oktyabr oyida pishib yetiladi. Daraxtlari uncha baland bo‘lmasdan, erta hosilga kiradi. Uning mevalari qayta ishlab chiqarishga mos. Eʼtiborlisi, agar ushbu navni tekisliklarda ekilsa, mevasini oftob uradi (vodiylarda). Shuning uchun tog‘ va tog‘oldi hududlarga ekish tavsiya etiladi.
Очень важно правильно подобрать сорта для яблоневых садов в нашей стране. Их подбирают исходя из почвенно-водных условий каждого региона.
Всего под выращивание яблоневых деревьев во всех категориях хозяйств республики отведено 1 28,6 тыс. га, из них 92,5 тыс. га – продуктивные площади.
В настоящее время на площади 33,1 га заложены интенсивные яблоневые сады. На этих участках планируется собрать 1 миллион 320 тысяч тонн (44 процента всего производства фруктов).
В сельскохозяйственный реестр, рекомендованный для посадки на территории Республики Узбекистан, внесено 59 сортов яблони.
Сорта яблок
«Сорт Старкримсон» — создан в Соединенных Штатах Америки. Этот позднеосенний сорт яблок собирают в сентябре. Дерево с крупными плодами имеет среднюю высоту 4,7 метра, ветви редкие.
«Голден Делишес», завезенный из Северной Америки, является поздним сортом. Начинает плодоносить через 3-4 года после посадки.
«Золотая шпора» — это гибрид «Голден Делишес». Хорошо растет в садах, считается урожайным. Этот сорт хорошо приживается на низкорослых и средних привитых деревьях.
«Джонатан» — сорт, созданный в Америке. Его плоды в основном используются для употребления в пищу. Он устойчив к перевозкам и хорошо хранится в холодильниках до ноября-декабря. Деревья средней высоты, образуют округлую форму, ветви изогнуты и свисают вниз, достаточно устойчивы к холоду. Ствол хорошо формируется, но в период роста необходимо его прореживать. Это раннеспелый сорт, дает обильные урожаи каждый год.
«Кинг Давид» — сорт, созданный в Америке. На небольшом деревце растут кисло-сладкие яблоки с приятным ароматом. Фрукт имеет длительный срок хранения, легко переносит транспортировку. Урожайный и зимостойкий сорт. Его собирают на второй-третий год. Дает обильный урожай.
«Гренни Смид» — один из старинных сортов Австрии. Считается зимним сортом и широко распространен в европейских странах. Дерево растет быстро. Срок годности плодов более 10 месяцев.
«Фудзи» — зимний сорт, выведенный в Японии. Он может храниться до четырех месяцев при правильных условиях. Не теряет своих свойств в холодильнике до мая. Плоды округлые, красивого красно-малинового цвета, сочные и сладкие.
«Gala Must» – самый ранний сорт яблок в европейских странах. Созревает во второй-третьей декадах августа (в Европе). Созревание плодов равномерное. Поэтому их собирают два или три раза в зависимости от зрелости плодов. Создан в Новой Зеландии. Существует много гибридов этого сорта, которые отличаются окраской плодов, силой роста, урожайностью, формой дерева и сроком созревания плодов. Это сорта «Гала Майет», «Гала Мичи» и другие.
«Бреберн» — зимний сорт, выведенный в Новой Зеландии и широко распространенный в Америке и Европе. Плоды созревают в октябре. Деревья не очень высокие, урожай начинают собирать рано. Важно отметить, что если этот сорт посадить на равнине, то его плоды пропадут на солнце. Поэтому рекомендуется выращивать в горных и предгорных районах.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: