Bugungi kunda Xorazm viloyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarida sholi yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Ogahiy hududidagi “Nihol nabirasi Alisher” fermer xo‘jaligidan 1 gektar tajriba maydoni belgilab olindi. Ayni vaqtda tajriba maydonida Irrigatsiya va suv muommolari ilmiy-tatqiqot instituti Melioratsiya sug‘orma dehqonchlik yo‘nalishi doktoranti Javlonbek Qutlimurotov tomonidan yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalangan holda sholidan yuqori hosil olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bu yerda ilgari ekin maydoniga daryo suvining yetib kelishi qiyinligi sababli, o‘simliklarning vegetatsiya davrida suv kam talab qiladigan ekinlardan kuzgi bug‘doy va chorva o‘tlari ekib kelingan.
Loyihadan kutilayotgan samara
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi PQ-4973 sonli “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilovasidagi “O‘zbekistonda sholichilikni rivojlantirish bo‘yicha 2021-2022–yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi” doirasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot natijalari asosida sholini biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yomg‘irlatib, tunda suv bermasdan oqovasiz qisqartirib tomchilatib sug‘orish hamda kollektor-zovur suvlaridan samarali foydalanish texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Anʼanaviy usulda sarflanadigan yillik suv miqdorini tuproq-iqlim sharoitlarida, navlarning biologik xususiyatlariga qarab 50-60 % ga, urug‘lik sarfini 40 foizga tejalishiga hamda ekilgan urug‘larning dala unuvchanligini 40 foizdan 60-70 foizga ortishiga olib kelinadigan yangi texnologiyalar yaratiladi. Mineral o‘g‘itlarni, biostimulyatorlarni, gerbitsidlarni suv bilan tomchilatgichlar orqali eritma holda sholini ildiz tizimiga berilishi natijasida atrof-muhit, ekologiyani ifloslanishiga salbiy taʼsiri keskin kamayishi taʼminlanadi.
Suv tanqisligi sharoitida tavsiya etilgan yomg‘irlatib, tomchilatib, oqovasiz, qisqartirib tunda suv bermasdan sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash natijasida har gektar yer maydonida 5-6 ming m3/ga suv tejaladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarida birinchi marta suv va resurs tejaydigan, atrof-muhitni muhofaza qiladigan ilmiy asoslangan sholi yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: