2022-yil 7-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Agromax himoya” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uch tomonlama memorandum imzolandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Djumanov, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITI direktori Shuhrat Azizov, “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK d-irektori Aʼzam Isaqov va “Agromax himoya” AJ direktori To‘ychiboy Soliyev va soha vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu memorandumni imzolashdan maqsad xususiy sektor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni standartlashtirishda hamda qishloq xo‘jaligi agrotexnik tadbirlariga joriy qilishda agrar sohadagi texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish usullarini takomillashtirishdir.
“Agromax himoya” aksiyadorlik jamiyati organik o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, chorva mollari ozuqa mahsulotlariga qo‘shimchalar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti esa, Aksiyadorlik jamiyatining o‘simliklarni oziqlantirish va himoya qilish kabi jarayonlarda qo‘llaniladigan o‘g‘itlari, vositalarini texnika yordamida amaliyotda qo‘llab, sinovdan o‘tkazadi. Sinovlar natijalari asosida amaliyotda qo‘llash uslublarini ishlab chiqadi va bu borada tavsiyalar taqdim etadi.
“Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK ushbu amaliyotdan o‘tgan mahsulotlarning standartlarini ishlab chiqish, uning meʼyorlarini belgilab berish, sertifikatlash ishlariga ko‘maklashadi. O‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish jarayoniga xalqaro standart talablarini joriy etishda amaliy yordam ham aynan DUK tomonidan amalga oshirish kelishib olindi. Asosiysi, ushbu hamkorlik natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘g‘itlarni gektariga belgilangan meʼyorda qo‘llashga oid tavsiyanomalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratiladi. Bu fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun qulaylik va yengillik beradi.
7 сентября 2022 года в Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан между ГУП «Центр стандартизации в сельском хозяйстве», Научно-исследовательским институтом механизации сельского хозяйства и акционерным обществом «Агромакс химоя» был подписан трехсторонний меморандум. В нем приняли участие начальник Управления развития органического производства и оптимальных сельскохозяйственных практик Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан Анвар Джуманов, директор НИИ механизации сельского хозяйства Шухрат Азизов, директор Центра стандартизации сельского хозяйства Азам Исаков, директор АО «Агромакс химоя» Туйчибой Солиев и представители отрасли.
Целью подписания настоящего Меморандума является совершенствование методов эффективного использования техники и технологий в аграрной сфере при стандартизации продукции, производимой частным сектором, и при внедрении сельскохозяйственных агротехнических мероприятий.
Акционерное общество «Агромакс химоя» производит органические удобрения и средства защиты растений. Также запущено производство добавок для кормов скота. НИИ механизации сельского хозяйства применяет и испытывает с помощью оборудования удобрения и средства защиты, которые используются в таких процессах, как подкормка и защита растений. По результатам испытаний разрабатывает методы практического применения и дает рекомендации по этому поводу.
ГУП «Центр стандартизации в сельском хозяйстве» содействует в разработке стандартов, установлению норм сертификации на продукцию. Достигнута договоренность о том, что центр окажет практическую помощь по внедрению требований международных стандартов в процесс производства удобрений и средств защиты растений. Главное, в результате этого сотрудничества будут созданы рекомендации и методические пособия по нормам внесения удобрений на каждый гектар земли в сельском хозяйстве. Это создаст удобства и облегчит работу фермерских и дехканских хозяйств.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: