Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan “WVM Qo‘shko‘pir Cluster” MChJ klasteri 9600 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, 160 ta fermer xo‘jaliklarini o‘zida birlashtirgan. Urug‘ni yerga qadashdan tortib, toki paxtani qabul qilish, chigitni qayta ishlash jarayonlarigacha barchasi ushbu klasterning o‘zida amalga oshiriladi. 2023-yilda esa, ishga tushirilishi mo‘ljallangan tekstil fabrikasi ham uning qoshida qad ko‘tarmoqda. Joriy yilning 19-sentyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi Ishchi guruh viloyatdagi tashrifini aynan ushbu tekstilning qurilishini ko‘zdan kechirishdan boshladi. Loyiha qiymati 513 milliondan oshiqroq miqdorga ega bo‘lgan tekstil fabrikasiga mahalliy va xorijiy kreditlar jalb etilgan. Bosh vazir o‘rinbosari qurilishga va fabrikaning kelajagiga oid o‘zining muhim tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng, Ishchi guruh tumanning paxta dalalarini, ekin maydonlarini ham ko‘zdan kechirishdi.
Xiva tumanida 13319 gektar dala maydoni mavjud bo‘lib, shundan 5000 gektariga paxta, 3000 gektariga g‘alla va qolganiga boshqa ekinlar ekiladi. Ishchi guruh “Said ota Madaminov” fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi. Paxtani nes-nobud qilmasdan terib olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. “Yusuf To‘ra” fermer xo‘jaligida takroriy ekin sifatida to‘qsonbosti ekinlarni ekish ishlariga guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, Xorazm viloyatining boshqa tumanlaridagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ham ko‘zdan kechirgan guruh tomonidan har bir hududning muammolarini o‘rganilib, ularga yechim topish choralari ko‘rildi. Yig‘im-terimda paxta dalasidan toki zavodgacha bo‘lgan jarayonlarda hisobotga “qo‘shib yozish” holatlarini oldini olish va bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani maʼlum qilindi.
Viloyatning Urganch, Xonqa, Bog‘ot kabi tumanlardagi paxta zavodlarida va laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan ishlar ham Ishchi guruhining eʼtiboridan chetda qolmadi. Fermer va dehqonlarning muammolarini tinglanib, o‘sha joyning o‘zidayoq hal etish choralari qo‘llanildi.
Bugun 20-sentyabr kuni Ishchi guruhning tashrifi Sirdaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligiga oid yangi obyektlar, paxta maydonlarida davom etmoqda. Viloyatdagi Malek SIUdagi “Arslon bobo” fermer xo‘jaligiga tegishli 20 gektarli paxta va takroriy ekin sifatida ekilgan 5 gektarli sabzi maydonlari borib ko‘rildi. Ishchi guruhning Sirdaryo viloyatidagi safari davom etmoqda.
Кластер ООО «WVM Qo‘shko‘pir Cluster», расположенный в Кошкопирском районе Хорезмской области, имеет площадь 9 600 га и включает в себя 160 фермерских хозяйств. От посева семян до приема и переработки хлопчатника – все процессы осуществляются в самом кластере. Также здесь строится текстильная фабрика, которая начнет свою работу в 2023 году. 19 сентября 2022 года рабочая группа во главе с заместителем Премьер-министра Шухратом Ганиевым начала свой визит в область с осмотра строительства данного текстильного предприятия. На текстильную фабрику были привлечены внутренние и иностранные кредиты. Проектная стоимость составила более 513 миллионов долларов США. Заместитель Премьер-министра дал свои рекомендации по строительству и деятельности завода. После этого рабочая группа осмотрела хлопковые поля и посевные площади района.
В Хивинском районе существуют 13 319 га сельскохозяйственных угодий, из которых 5 тыс. га засеяно хлопчатником, 3 тыс. га – зерном, остальные – другими культурами. Рабочая группа посетила фермерское хозяйство «Саид ота Мадаминов» и осмотрела урожай хлопка. Были даны рекомендации по сбору хлопка без потерь. Участники группы стали свидетелями посадки культур способом «туксонбости» в качестве повторной культуры в фермерском хозяйстве «Юсуф Тура». Также группа, осмотревшая земельные участки сельскохозяйственного назначения в других районах Хорезмской области, изучила проблемы каждого региона и приняла меры по их решению. Сообщалось, что принимаются меры для предотвращения случаев «прибавления» лишних цифр к отчетам в процессах от хлопковых полей до фабрик и борьбы с подобными случаями.
Рабочая группа выслушала проблемы фермеров и дехкан на хлопковых заводах и в лабораториях Ургенчского, Ханкинского и Багатского районов области. Были
Сегодня, 20 сентября, продолжается посещение рабочей группой новых сельскохозяйственных объектов и хлопковых полей в Сырдарьинской области. В районе были осмотрены 20 га хлопковых и 5 га морковных полей, засеянных в качестве повторных культур, принадлежащих фермерскому хозяйству «Арслон Бобо» в Малекском СИУ.
Поездка рабочей группы по Сырдарьинской области продолжается.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: