Hozirgi kunda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida maymunjonning 3 ta: “Texas”, “Chester” va “Chaster Tornless” navlarining qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlari ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada “May Agro” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ishlanmoqda.
“May Agro” fermer xo‘jaligi 2019-yilda tashkil topgan bo‘lib, 1 gektar yer maydoniga maymunjon o‘simligining “Chester” navini o‘stirmoqda. Ushbu nav 3×1,20 sm sxemasida ekilgan bo‘lib, tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida sug‘oriladi. Institutning “Mevali ekinlar seleksiyasi va nav o‘rganish” bo‘limi ilmiy xodimlari fermer xo‘jaligiga borib, doim o‘z maslahatlarini berib borishadi. Tuproq tahlillarini o‘tkazish hamda mevalarning kimyoviy tarkibini o‘rganishda amaliy yordam berishadi.
Maymunjon – malina avlodidan bo‘lgan o‘simlikdir. O‘zbekistonda daryo bo‘ylarida, sug‘orish shahobchalari yoqalarida juda ko‘p o‘sadi. Madaniy holda kamdan-kam uchraydi. Maymunjon mevasining tarkibida har xil vitaminlar mujassam, masalan: karotinoid, foliy kislotasi (vitamin B9), C vitamini, K vitamini hamda oz miqdorda E vitamini mavjud. Bundan tashqari maymunjon mevasida minerallardan kaliy, mis, kalsiy, magniy va sink bor.
Maymunjon ildiz bachki chiqarmaydi, yer bag‘irlab o‘sadigan novdalari esa bo‘g‘imlaridan yoki uchlaridan ildiz otadi va yangi tupchalar hosil qiladi. Maymunjonning yirik mevali serhosil navlari I.V.Michurin tomonidan ixtiro qilingan. Bu navlar baʼzi havaskorlar barpo etgan bog‘larda o‘sadi.
В настоящее время в НИИ садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М. Мирзаева проводятся научные исследования по ценным хозяйственно-биологическим свойствам 3-х сортов ежевики: «Техас», «Честер» и «Честер Торнлес». В этой области налажено сотрудничество с фермерским хозяйством «Май Агро».
Фермерское хозяйство «Май Агро» создано в 2019 году. В нем выращивают сорт ежевики «Честер» на 1 га земли. Этот сорт высаживают по схеме 3х1,20 см и производят полив капельным орошением. Научные сотрудники отдела «Селекция и сортоизучение плодовых культур» института постоянно посещают хозяйство и дают свои рекомендации. Они оказывают практическую помощь в проведении анализа почвы и изучении химического состава плодов.
Ежевика — растение из семейства малиновых. В Узбекистане растет по берегам рек и арыков. Редко встречается в культурном виде. Плод ежевики богат витаминами: каротиноид, фолиевая кислота (витамин В9), витамин С, витамин К и небольшое количество витамина Е. Кроме того, ежевика содержит минералы – калий, медь, кальций, магний и цинк.
Ежевика не дает корневых пасынков, а ее ветки вдоль земли укореняются из звеньев или концов и образуют новые побеги. Высокоурожайные сорта ежевики с крупными плодами были выведены И. В. Мичуриным. Эти сорта выращивают в садах, созданных любителями-садоводами.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: