Tasvirga olish guruhimiz “Yangiqo‘rg‘on agro impeks” korxonasida bo‘ldi. Ushbu korxona mevali yarim tayyor mahsulotlar – pyure va konsentratlarni keyinchalik sharbat va nektar ishlab chiqarish maqsadida qo‘llash uchun meva-sabzavotlarni qayta ishlaydi.
Kompaniya O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Uning mahsulotlari “Tip-Top” brendi ostida tanilgan.
Kompaniya klaster tamoyili asosida ishlaydi. Bunday klasterni yaratish kompaniyani rivojlantirish uchun samarali strategiya hisoblanadi. Bir nechta ishlab chiqarishni bir tarmoqqa birlashtirish qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, transport xarajatlari va ishlab chiqarish ob’ektlari o‘rtasida mahsulotlarni tashish uchun ketadigan vaqt tejaladi.
Korxonaning 8 ming 200 gektar bog‘i bor. Ularning 210 gektarini shaxsiy bog‘lar tashkil etadi. Ular asosan mevali: olma, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri bog‘lari. Sabzavot yetishtiriladigan dalalar ham bor. Organik o‘g‘itlarga alohida e’tibor beriladi.
Zavod 6 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda shaxsiy muzlatgichli omborlar, alohida qozonxona, turli meva-sabzavotlarni qayta ishlashga moslashtirilgan uchta ishlab chiqarish sexi mavjud. Ikki smenada 80 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda.
Bundan tashqari, zavodda mahsulot sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlar o‘tkazuvchi laboratoriya mavjud.
Korxona 647 ta fermer xo‘jaligi bilan hamkorlik qiladi.
Hozirda 10 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Assortiment talab va taklif asosida, shuningdek, bozorning marketing tadqiqotlari asosida shakllanadi.
Qayta ishlangan mahsulot ikki guruhga bo‘linadi: asosiysi – maxsus qoplarga qadoqlangan va omborlarda saqlanadigan yarim tayyor mahsulotlar. Va sanoat chiqindilari.
Olingan chiqindilar aholiga chorva ozuqasi uchun sotilmoqda.
“Biz qayta ishlangan mahsulotlarni chorva ozuqasi uchun sotish korxonaga foydali keltirmaydi degan xulosaga keldik. Endilikda chiqindilardan pektin olishni rejalashtirmoqdamiz. Biz buni yaqin vaqt ichida o‘zlashtirmoqchimiz. Sharbatlarimizning o‘ziga xosligi shundaki, biz ularni ishlab chiqarish uchun faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri siqilgan sharbatlardan foydalanamiz va tabiiy pyurelarni tayyorlaymiz. Pyuresidan, qo‘shimcha qaynatmagan holda sharbatlar ishlab chiqaramiz. Shu bois ular tabiiyroq, bolalar taomlanishi uchun mos bo‘lib chiqadi, – deydi “Yangiqo‘rg‘on agro impeks” korxonasi bosh texnologi Karimjon Otaboyev.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: