2022-yil 5-6-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK mutaxassislari FAO Global Tuproq Hamkorligi (GSP) tomonidan tashkil etilgan Yevroosiyo Tuproq Laboratoriyalari Tarmog‘ining 4-uchrashuvida (4-EUROSOLAN) onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda EUROSOLAN tarkibiga kiruvchi milliy tuproq laboratoriyalari qatnashdi. Uchrashuv davomida hukumatlar va laboratoriyalar o‘rtasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qonunchilik (namunalar importi, tuproq va reagentlarni utilizatsiya qilish kabi) va ehtiyojlar nuqtai nazaridan o‘zaro yaxshi aloqada bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy kamchiliklar va to‘siqlarni aniqlash bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
“TUPROQSIFATTAHLIL” DUK 2018-yildan GLOSOLAN (Tuproqshunoslik bo‘yicha global hamkorlik) tashkilotining azosi hisoblanib, 2019-yildan Milliy ma‘lumotlar taqdim etuvchi laboratoriya sifatida e‘tirof etilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: