Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan tuproqning agrokimyoviy tarkibini to‘liq o‘rgangan holda o‘g‘itlash va yer maydonlariga ilmiy asoslangan ishlov berish tartibini yo‘lga qo‘yish, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklash maqsadida dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarga taklif-tavsiyalar berish, tuproq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Odatda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar o‘simlik vegetatsiyasi davomida yer maydonlariga ishlov berish jarayonida tuproqning agrokimyoviy holatini o‘rganmagan holda, anʼanaviy usullar bilan o‘g‘itlash miqdorlarini belgilashadi. Bu esa o‘z navbatida ortiqcha o‘g‘it sarfi hamda tuproq tarkibini buzilishiga olib kelishi mumkin. Yaʼni o‘simliklar yerdan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘g‘it miqdori tabiiy yetarli bo‘lgan joyda ko‘p miqdorda va o‘z navbatida, yetarli bo‘lmagan joyda kam miqdorda qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislari aynan ushbu salbiy oqibatlarni oldini olishni maqsad qilishgan. Maʼlumki, daladan namuna olib, tahlil o‘tkazilganidan keyin uni tezkorlik bilan yana yerdan foydalanuvchilarga yetkazish uzoq vaqtni talab etadi. Ushbu omilni inobatga olgan muassasa mutasaddilari sayyor uslubda ishlaydigan eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan mobil laboratoriyani tashkil etgan.
Mobil laboratoriyaning qulayligi shundaki, namunalar shu joyning o‘zida olinadi hamda 3-4 soat mobaynida tuproq tarkibidagi ozuqa elementlar va mikroelementlar to‘g‘risida aniq, tezkor va sifatli maʼlumotlar taqdim etiladi. Mobil laboratoriya quyosh paneli, yoqilg‘i hisobiga ishlaydigan elektr generatori, laboratoriyani suv bilan taʼminlash uchun suv idish, havo ventilyatsiyasi, joyning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun GPS navigator bilan jihozlangan. Quyosh paneli 2 soat davomida quyoshdan quvvat olib, 6 soat davomida laboratoriyani elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi. Yoqilg‘i hisobiga ishlaydigan elektr generatori esa yoqilg‘idan uzilish bo‘lmasa, laboratoriyani tinimsiz elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi.
Mobil laboratoriyaning 4 nafar xodimi 20 turdagi tuproq va 11 turdagi suv sifati tahlillarini o‘tkazishadi.
Tuproqning quyidagi tahlillari:
Suv tahlillari:
Ushbu muassasaning sinov laboratoriyasi 2019-yilda Turkiya bilan hamkorlikda Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasini qo’lga kiritgan. Akkreditatsiya doirasida butun sinov laboratoriyasi jahon standartlariga mos deb topilib, muvofiqlik sertifikati berilgan.
Laboratoriyada amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Bugungi kunda u Respublikada yagona xalqaro sifatini boshqarish tizimi ISO/TC-9001 ga ega bo’lgan 5 ta uslub asosida tuproq kimyoviy tahlil amaliyoti joriy etilgan laboratoriya hisoblanadi.
Ayni vaqtda 2019-yilda qo’lga kiritilgan Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi doirasida 2-marotaba audit tekshiruvi ketmoqda.
На сегодняшний день ГУП «Tuproqsifattahlil» при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан проводит ряд работ. Налаживают порядок удобрения почв после тщательного изучения агрохимического состава земельных площадей. Применяют научно обоснованную разработку почв, по выдаче соответствующих предложений и рекомендаций дехканским, фермерским хозяйствам и кластерам в целях повышения, сохранения и восстановления плодородности почв.
Как правило пользователи сельскохозяйственных угодий в вегетационный период при обработке земельных участков не изучают агрохимическое состояние почвы, а определяют количество удобрений традиционными методами. Это, в свою очередь, может привести к перерасходу удобрений и ухудшению состава почвы. То есть, это приводит к тому, что большое количество удобрений вносится там, где их естественно достаточно в составе почвы. В свою очередь, небольшое количество удобрений вносят там, где их недостаточно. Специалисты ГУП «Tuproqsifattahlil» ДУК поставили перед собой цель – предотвратить эти негативные последствия. Известно, что взятие пробы с поля и доставка ее землепользователям после анализа отнимает много времени. Принимая во внимание этот фактор, сотрудники учреждения создали мобильную лабораторию, оснащенную самым современным оборудованием.
Удобство мобильной лаборатории в том, что пробы берутся на месте и в течение 3-4 часов предоставляется точная, быстрая и качественная информация о питательных веществах и микроэлементах в почве. Мобильная лаборатория оснащена электрогенератором, работающем на солнечной батарее, топливом, резервуаром для воды, вентиляцией воздуха и GPS-навигатором для обеспечения точности определения местоположения. Солнечная батарея может получать энергию от солнца в течение 2 часов и обеспечивать электроэнергией лабораторию в течение 6 часов. Электрогенератор, работающий на топливе, может непрерывно снабжать лабораторию электричеством, если нет перебоев с подачей топлива.
4 сотрудника мобильной лаборатории проводят анализы 20 типов почвы и 11 типов качества воды.
Проводятся следующие анализы почвы:
Анализ воды:
В 2019 году испытательная лаборатория этого учреждения в сотрудничестве с Турцией получила сертификат международной аккредитации. Эта аккредитация показывает, что вся испытательная лаборатория соответствует мировым стандартам и ей выдан сертификат соответствия.
Лаборатория анализа почвы признана в 160 странах мира. На сегодняшний день это лаборатория с единственной в республике международной системой менеджмента качества ISO/TC-9001, где проводится химический анализ почвы по 5 методикам. На сегодняшний день здесь проводится второй аудит в рамках Международного аттестата аккредитации, полученного в 2019 году.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: