Yurtimizga Janubiy Koreyaning “ISU Chemical Co. Ltd.” kompaniyasi delegatsiyasi tashrifi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh direktori Kyoungsoo Lee rahbarligidagi delegatsiya vakillari dastlab Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga kelishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi halqaro bo‘lim boshlig‘i Sanjar Adilovlar mehmonlarga hamrohlik qilishib, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy faoliyati bo‘yicha maʼlumot berishdi. O‘zaro ikki tashkilot faoliyati haqida suhbatlashildi, issiqxona sabzavotchiligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashindi.
“ISU Chemical Co. Ltd.” kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga kelishidan maqsad, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda respublikamizda “Smart Farming” ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda ko‘maklashishdan iborat. “Smart Farming” ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida issiqxonadagi jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish mumkin.
Koreyalik mutaxassislar shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ham kelishdi. Bu yerda bosh direktor Kyoungsoo Lee qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev hamda vazirlikning boshqa xodimlari bilan uchrashdi. Davra suhbati davomida “Smart Farming” ishlab chiqarish texnologiyasi yordamida issiqxonada sabzavot ekinlari ko‘chatlarini va mahsulotlarini yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini hamkorlikda olib borishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Koreyadan kelgan ekspertlar o‘z tajribasi bilan bo‘lishish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti talabalari uchun maxsus taqdimot o‘tkazishdi. Yoshlarga issiqxona xo‘jaligida qo‘l keladigan Smart Farming tizimining afzalliklari haqida tushuntirib berishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: