Respublikada 2022-yil barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 7,9 ming gektar, shundan 6,2 ming gektar fermer xo‘jaliklarida, 1,7 ming gektar aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Yosh bodomzorlar 5,1 ming gektar bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 102 sentnerni tashkil etadi.
Respublikada barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan har yili 27,8 ming tonna bodom ishlab chiqariladi.
2022-yilda respublika bo‘yicha fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2,6 ming gektar bodom bog‘larini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil bahor oylarida 1,9 ming gektarga bodom bog‘lari barpo etildi.
Qolgan 699 gektar maydonga oktyabr-noyabr oyilarida ekilishi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan bodomning “Bumajnoskorlupiy”, “Pervenes”, “Turkmenskiy” “Svetliy”, “Ugamskiy” va “Valtinskiy”, “Malika” kabi mahalliy navlari mavjud.
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, bodom yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Mirishkor, Kasbi tumanlari, Namanganda Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlari, Samarqandda Qo‘shrobod tumani, Surxondaryo viloyatida Jarqurg‘on, Sariosiyo tumanlari, Jizzax viloyatining Gallaorol, Zomin, Тoshkentda Ohangaron tumanlarining ayrim hududlari bodom yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
2021-yilda 5,5 mln dollarlik 2,1 ming tonna bodom eksport qilingan bo‘lsa, 2022-yil senyabrga qadar bu ko‘rsatkich
3,5 mln dollarlik 4,7 ming tonna deb qayd etildi.
Yorug‘sevar, turli iqlimga moslashuvchan. Bodom yatishtirishga ixtisoslashtirilgan hududlardan tashqari, u Farg‘ona vodiysida, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida keng tarqalgan. Bodom daraxtining bo‘yi baland, shox-shabbasi piramida shaklida yoki tarvaqaylagan bo‘ladi, ildiz tizimi baquvvat, 6 metr chuqurlikkacha tarqalib o‘sadi. Bodom daraxtlari odatda 6-8 metrgacha bo‘ladi. Ayrim hollarda daraxtining balandligi 12 metrgacha bo‘lishi mumkin.
U qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘lib, joy tanlamasdan, suvsiz, toshloq va tog‘ning unumsiz janubiy yonbag‘irlarida ham yaxshi o‘sadi.
Bodom ko‘chati kuzda yoki erta bahorda ekiladi. U yorug‘likka talabchan bo‘lganligi sababli salqin joylarda yaxshi o‘smaydi, tarkibida ohagi bo‘lgan soz tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Bodom yorug‘sevar, issiqqa va qurg‘oqchilikka juda
chidamli bo‘ladi.
Bodom eng erta, boshqa mevali daraxtlardan oldin – fevral va martning boshlarida gullaydi, shuning uchun tekisliklarda bahorgi sovuqlar uni zararlaydi. Bodom mevasi avgust-sentyabrda pishadi. Bodom 3-4 yoshidan hosilga kiradi, 12-18 yoshidan 35-40 yilgacha yaxshi hosil beradi. Yaxshi parvarishlansa, 60-100 yil yashab, hosil berishi mumkin.
Iqlim. Bodom qishki sovuqlarga chidamli bo‘lishiga qaramay, bahorning oxirlarida sovuq havo kelishi doimiy kuzatiladigan joylarda faqat gullashni kechroq boshlovchi navlar
tanlanishi ishonchliroq bo‘ladi.
Guruhga bo‘linishi. Bodomlar pomologik belgilariga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: 1) Achchiq bodomlar: bu guruhga kiruvchi bodomlar tarkibida ko‘p miqdorda sianid kislotasi borligi tufayli mazasi achchiq bo‘ladi. Sianid kislotasi inson uchun zaharli bo‘lgani bois, uning isteʼmol qilinishi xavflidir. Achchiq bodomlar – achchiq bodom moyi olish uchun ishlatiladi. Achchiq bodom moyi sanoatning turli tarmoqlarida avvaldan foydalanilgan xomashyo turidir. 2.) Shirin bodomlar: bu turda achchiqlik beruvchi sianid kislotasi umuman yo‘q yoki oz miqdorda bo‘ladi. Shunga qarab ayrim turlarda yengil achchiqlik uchrashi mumkin. Shirin bodomlar qobiq qalinligiga qarab qobig‘ining chaqilishiga ko‘ra, to‘rt guruhga
bo‘linadi: a) Qo‘l bodomlari (qog‘oz qobiqli bodomlar; qo‘lda chaqiladigan bodomlar): nomidan bilish mumkin bo‘lganidek, bunday bodomlarning danagidagi qobiq qog‘ozdek yupqa bo‘lib, ikki barmoq orasida siqilganda chaqiladi. Asosan mag‘zi ko‘p bo‘ladi (70% gacha) narxi yuqori, qobiqlari oson ajraladi. b) Tish bodomlari (yumshoq qobiqli bodomlar): bu bodomlarning qobig‘i birinchi guruhdagilarnikidan bir oz qalin bo‘lishiga qaramay, qattiq emas. Shu sababli bodom tishlar yordamida oson
chaqilishi mumkin. Mag‘zi ajratilib yoki qobiqli holda sotiladi.
Bodom navlari. Uning quyidagi yuqori sifatli navlari istiqbolli sifatida ekishga tavsiya etilgan: “Go‘zal”, “Tyan-shan” mahalliy navi, Kech gullaydigan “Bo‘stonliq”, kech gullaydigan “Nikitin”, “Ugom”, “Yupqa po‘choq”, “Yalta”, “Malika”, “Zarina”, “Qilichnusxa”, “O‘zbek g‘alviragi” kabilar.
Hosilni yig‘ib olish. Bodom hosilini yig‘ish davri mintaqa va yetishtirilayotgan navga qarab o‘zgaradi. Mamlakatimizda bodom hosili asosan iyul o‘rtalaridan boshlab avgust va sentyabr oylarigacha davom etadi. Navlardan tashqi qobiqning yetilgan mevadan osongina ajralishi, yaʼni ochilishi muhim xususiyatdir. Daraxt ustida yetilishga yaqin qolgan mevalarda yashil qobiq yoriladi va qisman qurib rangi o‘zgaradi. Yetilib pishgan mevalar silkitilganida to‘kilishi yaxshi bo‘ladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: