Bugungi kunda mamlakatda ichki auditorlar inspeksiya va tekshiruv ishlarini olib borishga yoʻnaltirilgan. Ammo xalqaro tajribalarga muvofiq, ichki auditor nafaqat moliyaviy, balki barcha jarayonlarning toʻgʻri olib borilayotganligiga kafolat beruvchi vazifani bajarishi kerak.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yevropa Ittifoqi ASK dasturining moliyaviy va texnik koʻmagi bilan sektorda ichki auditorlar vazifasini tubdan isloh qilish va kasb egalarining salohiyatini oshirish treninglarini olib bormoqda.
11-12-oktyabr kunlari Toshkent davlat agrar universitetida vazirlik va hududiy boshqarmalarning ichki audit xodimlari ishtirokida xalqaro amaliyotlarga asoslangan ichki audit strategiyasini ishlab chiqishga bagʻishlangan amaliy seminar tashkillashtirildi.
Ichki audit sohasida faoliyat yurituvchi yigirmadan ortiq rahbar va mutaxassislar ishtirok etgan mazkur seminar mashgʻulotlari YeI ASK dasturining ichki audit boʻyicha xalqaro katta eksperti Joys Tyunissen (Niderlandiya) tomonidan olib borildi.
Tadbirning ochilish marosimida YeI ASK dasturi rahbari Adrian Nil bugungi kunda Yevropa Ittifoqi va Vazirlik oʻrtasida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi strategiyasi (2020-2030)ni ijrosi yuzasidan bajarilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib, islohotlarni amalga oshirishda ichki auditorlarning roliga eʼtibor qaratdi:
“Qishloq xoʻjaligi juda katta tizim. Shu bois, Strategiyaning ustuvor vazifalarini amalga oshirish uchun bitta yoki ikkita tashkilotning harakati yetmaydi. Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda insonlar hayotiga haqiqiy taʼsir koʻrsatuvchi, daromad va ish oʻrinlarini oshishiga, aholi turmush tarzining yanada yaxshilanishiga olib keluvchi oʻzgarishlarni orzu qiladi. Haqiqiy oʻzgarish esa har bir xodimdan ochiqlikni va professional qoʻllab-quvvatlash tashabbusini ilgari surishni talab qiladi. Islohotlar jarayonida ichki auditorlar tarmoq jarayonlarining har taraflama shaffof va toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini kafolatlovchi sifatida alohida oʻringa ega. Treningda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish jarayonida ichki audit funksiyasini takomillashtirish yoʻllari koʻrib chiqildi”.
Seminarning asosiy qismida niderlandiyalik xalqaro ekspert ishtirokchilar bilan interaktiv munozara va muloqot oʻtkazib, ichki audit tushunchasining ichki nazorat va tekshiruv funksiyalaridan farqini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, ichki audit strategiyasi va ish rejasini yaratishning xalqaro qabul qilingan metodologik asoslari va texnikalari haqida maʼlumot berdi.
Shundan soʻng, ishtirokchilar jamoalarga boʻlingan holda Ichki audit boʻlimi maqsadlarining Vazirlik va sektor strategiyasi bilan qanchalik muvofiqligini, mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish uchun ish rejasiga qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurligini aniqlashga oid anonim soʻrovnomada qatnashishdi va mavjud muammolarni yechish borasida takliflar bildirildi.
Tadbirning ikkinchi kunida sektor va vazirlik maqsadlarini amalga oshirishda koʻmak beruvchi ichki audit strategiyasi va ish rejasi ishlab chiqildi. Seminar soʻngida ishtirokchilar vazirlik hamda YeI ASK Dasturi sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.
Сегодня внутренним аудиторам в стране поручено провести инспекцию и проверочные работы.
При финансовой и технической поддержке программы ASK Европейского Союза, Министерство сельского хозяйства проводит тренинги по реформе функций внутренних аудиторов в секторе и повышению квалификации специалистов.
11-12 октября в Ташкентском государственном аграрном университете прошел практический семинар, посвященный разработке стратегии внутреннего аудита на основе международного опыта с участием сотрудников внутреннего аудита министерства и территориальных подразделений.
В данном семинаре приняли участие более двадцати менеджеров и специалистов, работающих в сфере внутреннего аудита, а провела его Джойс Тьюниссен, международный старший эксперт по внутреннему аудиту программы ЕС ASK (Нидерланды).
На церемонии открытия мероприятия Адриан Нил, руководитель программы ЕС ASK, акцентировал внимание на работе, проводимой между Европейским Союзом и министерством по реализации Стратегии развития сельского хозяйства Узбекистана (2020-2030 гг.), и обратил внимание на роль внутренних аудиторов в реализации реформ:
«Сельское хозяйство — это огромная система. Поэтому действия одной-двух организаций недостаточно для реализации приоритетных задач Стратегии. Евросоюз мечтает об изменениях, которые окажут реальное влияние на жизнь людей в Узбекистане, приведут к увеличению доходов и рабочих мест, еще больше улучшат образ жизни населения. Реальные изменения требуют от каждого сотрудника инициативности, открытости и оказания профессиональной поддержки. В процессе реформ особое место занимают внутренние аудиторы как гарант прозрачной и корректной реализации сетевых процессов. На тренинге рассмотрели пути совершенствования функций внутреннего аудита при реализации Стратегии развития сельского хозяйства Узбекистана».
В основной части семинара международный эксперт из Нидерландов провел интерактивную дискуссию и диалог с участниками, подчеркнув отличие понятия внутреннего аудита от функций внутреннего контроля и инспекции. Он также предоставил информацию о признанных международных методологических основах и методах разработки стратегии и плана работы внутреннего аудита.
После этого участники, поделившись на команды, приняли участие в анонимном опросе, чтобы определить, насколько цели отдела внутреннего аудита соответствуют стратегии министерства и отраслевой стратегии, какие изменения и дополнения необходимо внести в план работы для устранения имеющихся пробелов, а также были внесены предложения по решению существующих проблем.
Во второй день мероприятия была разработана стратегия внутреннего аудита и план работы, который поможет в реализации целей сектора и министерства. По завершению семинара участники были награждены сертификатами министерства и Программы ЕС ASK.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: