Kuz faslining serhosil pallasi ham o‘tib bormoqda. Meva va sabzavotlardagi vitamin va minerallar esa inson organizmiga doimo kerak. Aholining ushbu vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kuz faslidan toki erta yoz mavsumigacha issiqxonalarda yetishtiriladigan mahsulotlar bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan.
100 gektar maydonda tashkil etilgan “Gold agrofresh” majmuasiga qarashli issiqxonada bodring, pomidor, shirin qalampir kabi sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda. Bu mahsulotlarni issiqxonada yetishtirishning o‘ziga xos talablari qanday? Agrotexnik tadbirlar qanday amalga oshiriladi?
Bodring ommabop sabzavot ekini bo‘lib, uning kaloriyasi ko‘p emas, biroq mazaliligi, parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan.
Bodring talabiga mos harorat. Issiqxonalarda bodring uchun maqbul harorat kunduzi 20-24 daraja, kechqurun 18-20 daraja bo‘lishi kerak. O‘simlikning me’yorida o‘sib, rivojlanishi uchun harorat 12-15 daraja bo‘lishi lozim. Harorat 30 darajadan ortiq bo‘lsa, o‘simlikga salbiy taʼsir etadi. Ammo 6-8 darajada o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, barglari sarg‘ayadi va to‘kila boshlaydi. Harorat 0 darajaga tushib qolganda o‘simlik nobud bo‘ladi.
Issiqxonani tayyorlash. Bodring ko‘chatlarini ekishdan oldin issiqxona tuprog‘ini ekishga tayyorlanadi. Avval yer maydonidagi ekindan qolgan o‘simlik qoldiqlari issiqxonadan chiqarib tashlanadi. Issiqxona tuprog‘i tekislanadi, kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan tozalash maqsadida shaffof polietilen plyonka bilan yopib qizdiriladi. Bunda tuproq usti yopilgan holatda ma‘lum muddatgacha qoldiriladi. So‘ngra plyonka olib tashlanadi, issiqxona tuprog‘i tekislanadi va tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqiziladi. Shu yo‘sinda issiqxona tuprog‘i ekishga tayyorlanadi.
Bodringni so‘nggi paytlarda issiqxona sharoitida o‘stirish uchun ko‘chatidan ekish qo‘llanilmoqda. Bu usulda yetishtirish o‘simlikni kasallik va zararkunandalardan holi qiladi, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘ladi va erta pishib yetiladi. Bunday usulda urug‘ sarfi kamayadi, sog‘lom va sifatli nihollardan foydalanish ishlab chiqarish hajmini orttiradi.
Nav tanlash va ekish muddatlari. Issiqxonada bodring yetishtirish uchun asosan birinchi avlod geterozis duragaylardan va ishlab chiqarish talablariga javob beradigan navlardan ko‘proq foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga “mahalliy Navbahor”, “ToshDAU 70”, “Elegant”, “Samar” kabi birinchi avlod duragaylar va chet el duragaylaridan “Roki”, “Fokus”, “Eliza”, “Sultan”, “Majestik”, “Seydra Alamir”, “Alanis”, “Adrian”, “Barxan”, “Valeystar”, “Kristina”, “Multistar”, “Melen”, “Nail”, “Orzu”, “Passandra”, “Pikolino”, “Pontiya2, “Seray”, “Superdelta”, “Jazzer”, “Xarman”, “Luna”, “Tristan” lar tavsiya etilgan. Navlarni tanlashda navning ekiladigan hududda keng tarqalgan kasalliklar va zararli hasharotlarga chidamliligi, bozor talablariga mosligi, ertapisharligi va yuqori hosilli bo‘lishi muhim.
Ekish. Bodring ko‘chatini ekish uchun faqat sog‘lom, bir tekis, 4-5 ta chinbargi bo‘lgan o‘simliklar tanlab olinadi. Ko‘chatlar jo‘yaklarga ikki qator qilib oldindan tayyorlangan chuqurchalarga (uyalarga) o‘tqaziladi. Uyalar dastlab iliq (22-25 °C) suv bilan sug‘oriladi. Ko‘chatlar tik holatda yoki tuvakchalarining 3/4 qismi uyalarga kiritib o‘tqaziladi. O‘sib ketgan ko‘chatlar qiyalatib o‘tqaziladi, ammo poyasi ko‘milmaydi.
Sug‘orish. Bodring suvga talabchan o‘simlikdir. O‘simlik o‘sish davrida 1 m2 maydon uchun 300-425 litr suv sarflanadi. Bodring yetishtirishda suvning oz-oz va tez-tez berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘orish vaqtini to‘g‘ri belgilash ham muhimdir. Sug‘orish ertalab yoki kechki paytda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Harorat ko‘tarilishi va yorug‘lik ko‘payishi bilan tez-tez sug‘orib va oziqlantirib turish lozim.
Pomidor. Respublikamizning ob-havo, tuproq sharoitiga qarab har bir viloyat uchun yangi rayonlashtirilgan, mo‘l hosilli, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, mexanizmlar yordamida ishlov berishga moslashgan, har bir ekish muddati uchun mos navlarni to‘g‘ri tanlash lozim.
Ekishga mos navlar. Pomidorni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar “Do‘stlik”, “Saxiy”, “Shafaq”, “Sevara”, o‘rta-ertapishar “Uzmash-1”, “Toshkent tongi”, o‘rtapishar “TMK-22”, “O‘zbekiston-178”, “Surxon-142”, “Bahodir”, “Sharq yulduzi”, “Sitora”, “Istiqlol 10”, “Avitsenna”, kechpishar “Namuna-70”, “Doni 2000” navlari tavsiya etiladi.
Muddatlari: Ko‘chat tayyorlash maqsadida pomidorning ertapishar va o‘rta – kechpishar navlari urug‘ini isitiladigan plyonkali issiqxonalarga ekishning muqobil muddatlari quyidagicha: janubiy viloyatlarda yanvarning uchinchi o‘n kunligi, markaziy viloyatlarda fevralning birinchi va ikkinchi o‘n kunligi va shimoliy viloyatlarda mart oyining birinchi o‘n kunligida bo‘ladi. O‘rtapishar va kechpishar navlarining urug‘idan kechki mahsulot olish uchun martning birinchi o‘n kunligida ekiladi.
Agrotexnik tadbirlar. O‘simliklarga birinchi ishlov berish ko‘chatlar tutib olgach, yaʼni ekilgach 10-12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi ko‘chatlar orasining tuprog‘i yumshatiladi. Birinchi parvarishlashdan 12-15 kun o‘tgach, ikkinchi suv beriladi. Tuproq yetilgach, ikkinchi ishlovga, kultivatsiyalashga kirishiladi. Kultivatsiyadan so‘ng chopiq qilinadi. Bunda yer begona o‘tlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq pomidor ko‘chatining atrofiga bosiladi. Bu ishlarni mexanizatsiya yordamida o‘tkazish uchun o‘g‘itlash paytida ariq ochgich yerga chuqur solinadi. Pomidor o‘simligi yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib qo‘yiladi.
Hosilni yig‘ishtirish. Pomidor qiyg‘os pishganda yorilib ketmasligi uchun navbatdagi hosil terib olingandan keyin suv beriladi. Sug‘orish muddatini o‘simlikning tashqi belgisiga qarab ham aniqlash mumkin. Tuproq nami yetishmay qolsa, o‘simlik bargi to‘q-yashil tusga kiradi, kun issiq paytlarda so‘liganga o‘xshab turadi. Tuproq haddan tashqari sernam bo‘lganda o‘simlik barglari och yashil bo‘ladi. Yuqori hosil olish omillaridan biri yetilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olishdir. Bunda pomidor yoppasiga pishib yetilishini kutmay, pisha boshlashi bilan yig‘ishtirib olish lozim.
Прошло лето, богатое урожаями фруктов и овощей. Витамины и минералы всегда необходимы человеческому организму. Для обеспечения потребности населения в витаминах запланирована поставка продукции, выращенной в теплицах, с осени до начала лета.
Овощные культуры, такие как огурцы, томаты, сладкий перец, выращиваются в теплице комплекса «Gold agrofresh», созданной на площади 100 га. Каковы требования для выращивания этих продуктов в теплице? Как осуществляются агротехнические мероприятия?
Огурец – популярная овощная культура. Он не калорийный, но очень вкусный и питательный продукт, который широко распространен по всему миру.
Температура, которую требуют огурцы. Оптимальная температура для огурцов в теплицах 20-24 градуса тепла днем и 18-20 градусов тепла вечером. Для нормального роста растения температура должна быть 12-15 градусов тепла. Если температура превысит 30 ºC, это окажет негативное влияние на растение. При температуре 6-8 ºС растение перестает расти, листья желтеют и начинают опадать. При понижении температуры до 0 ºC растение погибает.
Подготовка теплицы. Перед посадкой рассады огурцов подготавливают грунт теплицы. Сначала из нее убирают растительные остатки. Грунт разравнивают, накрывают прозрачной полиэтиленовой пленкой с целью очистки от болезней, вредителей и сорняков. При этом грунт оставляют в закрытом состоянии на определенный период времени. Затем снимается пленка, ровняется почва и прокладываются трубы капельного орошения. Таким образом почву теплицы подготавливают к посадке.
В последнее время для выращивания в тепличных условиях используют посадку огурцов из рассады. Выращивание таким способом делает растение свободным от болезней и вредителей, корень растения становится крепким и овощи рано созревают. Снижается расход семян, а использование здоровой и качественной рассады увеличивает объемы производства.
Выбор сорта и сроки посадки. Для выращивания огурцов в теплице чаще используют гетерозисные гибриды первого поколения и сорта, соответствующие производственным требованиям. В Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посадке на территории Республики Узбекистан, включены такие гибриды первого поколения, как «Навбахор местный», «ТошДАУ 70», «Элегант», «Самар» и зарубежные гибриды, как «Роки», «Фокус», «Элиза», «Султан», «Маджестик», «Сейдра Аламир», «Аланис», «Адриан», «Бархан», «Валейстар», «Кристина», «Мультистар», «Мелен», «Наиль», «Орзу», «Пассандра», «Пиколино», «Понтия2», «Серай», «Супердельта», «Джаззер», «Харман», «Луна», «Тристан» и другие. При выборе сортов важно, чтобы сорт был устойчив к распространенным болезням и вредным насекомым на обрабатываемой территории, соответствовал требованиям рынка, был скороспелым с высокой урожайностью.
Посадка. Для посадки рассады огурцов отбирают только здоровые растения с 4-5 листьями. Саженцы высаживают в два ряда в борозды в заранее подготовленные ямки (гнезда). Ямки сначала поливают теплой (22-25°С) водой. Саженцы высаживают в вертикальном положении, вставив в ямки. Подросшие саженцы высаживают под углом, но стебель не заглубляют.
Полив. Огурец – растение требовательное к воде. В период роста растения расходуется 300-425 литров воды на 1 м2 площади. В выращивании огурцов для растения важен полив понемногу и часто. Важно также правильно подбирать время полива. Полив следует проводить утром или вечером. По мере повышения температуры и увеличения освещенности необходимо чаще поливать и подкармливать.
Томаты. В зависимости от погодно-почвенных условий нашей республики, для каждого региона необходимо подобрать соответствующие вновь районированные, устойчивые к вредителям и болезням, приспособленные к обработке с помощью механизмов высокоурожайные сорта с высокими качественными показателями.
Сорта пригодные для посадки. К посадке рекомендуются раннеспелые сорта томатов, созданные в местных условиях «Достлик», «Сахий», «Шафак», «Севара», «Средне раннеспелый «Узмаш-1», «Тошкент тонги», Среднеспелый «ТМК-22», «Узбекистан-178», «Сурхан-142», «Баходир», «Шарк Юлдузи», «Ситора», «Истиклол 10», «Авиценна», позднеспелый «Намуна-70», «Дони 2000».
Сроки: Оптимальные сроки посадки семян ранних и среднепоздних сортов томатов в пленочные обогреваемые теплицы с целью подготовки рассады следующие: третья декада января в южных регионах, первая и вторая декада февраля в центральных районах, а в северных районах в первой декаде марта. Семена средних и поздних сортов высевают в первой декаде марта для получения позднего урожая.
Агротехнические мероприятия. Первую обработку растений начинают через 10-12 дней после посадки. При этом почва между растениями внутри борозд, грядок и рядов размягчается. Через 12-15 дней после первого ухода дают второй полив. Потом приступают ко второй обработке – культивации. Затем окучивают. При этом землю очищают от сорняков, размягчают, а почву вокруг рассады уплотняют. Для проведения этих работ с помощью механизации во время внесения удобрений вводят рыхлитель глубоко в землю. Чтобы томаты хорошо развивались и давали хороший урожай, слой, где расположены его корни, должен снабжаться воздухом. Для этого воду дают через борозду.
Сбор урожая. Воду дают после сбора следующего урожая, чтобы томат не растрескался при созревании. Продолжительность полива можно определить по внешнему признаку растения. При недостатке влаги в почве листья растения становятся темно-зелеными. В жаркие дни они выглядят увядшими. Когда почва слишком влажная, листья растения становятся бледно-зелеными. Одним из факторов высокой урожайности является своевременная уборка созревших культур. В этом случае необходимо собирать томаты, как только они начинают созревать, а не ждать их полного созревания.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: