Xabaringiz bor, qishloq xo‘jaligi yerlari, jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish mexanizmi joriy etilgan. Bunda qator vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari va maʼlumotlari bazalaridan keng foydalanilmoqda.
Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2021-yil 23-dekabrdan ishga tushirilgan. Mazkur tizim ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish maqsadida lotlarni “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish, shuningdek g‘oliblarning huquq va hujjatlarini tegishli idoralarda rasmiylashlashtirishga ko‘maklashish uchun foydalanilmoqda.
Fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va murojaatlarda berilgan takliflarni inobatga olgan holda barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “E-IJARA” axborot tizimining yangi frontend qismi vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM tomonidan ishlab chiqildi. Zamonaviy dizayn va foydalanuvchi uchun qulay vositalardan iborat interfeysli tizim www.e-ijara.uz saytida joylashtirildi.
Yaratilgan qulayliklar tizimda foydalanuvchining qimmatli vaqtini tejash bilan birga, kutilgan natijaga erishishni oson tarzda amalga oshirish imkonini beradi, jumladan:
2022 – 2025-yillarda paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan 200 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish bo‘yicha “E-IJARA” axborot tizimining yangi frontend qismi va dizayni foydalanuvchi uchun maksimal darajada qulay ishlab chiqilgan.
Tizimning ochiq va shaffofligini taʼminlashda muhim bo‘lgan jihat – yer maydonini ochiq xaritada ko‘rish orqali foydalanuvchi ranglar bilan ajratilgan bo‘sh yoki mulkdori bo‘lgan yer maydoni, loyihalash, tanlovdagi, g‘olib aniqlangan va taklif kiritilgan kabi statuslardagi yer maydonlari to‘g‘risida aniq va onlayn rejimida yangilab boriladigan maʼlumotni qo‘lga kiritadi.
Mazkur xarita ommabop bo‘lgan 3 xil Satelite, Hybrid va Street ko‘rinishlarida aks ettirilgan, yaʼni ular orqali tanlangan yer maydonlarining chegarasi, avtomobil yo‘llari, aholi yashash punktlari joylashgan hududlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot olish mumkin. Videorolikni ko‘rish;
Yer maydonlarining barchasi kontur ko‘rinishida va har bir yer haqida identifikatsiya maʼlumotlari foydalanuvchiga taqdim etiladi. Xaritada keltirilgan qulayliklar qatorida yer maydoni uzunligini o‘lchash funksiyasi ham kiritilgan. Uning yordamida tanlangan yer uchastkasidan eng yaqin aholi punkti yoki avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofani o‘lchash mumkin, bu esa joyiga chiqmagan holda yerning geofazoviy joylashuvini aniqlash va eng qulay marshrutni tanlash imkonini beradi.
Yana bir muhim afzallik – maʼqul kelgan yer maydonining o‘zida “tanlovda ishtirok etish” tugmasini bosib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “E-AUKSION” savdo platformasiga o‘tish imkoniyati mavjud, Videorolikni ko‘rish;
So‘ngra foydalanuvchi yer maydoni, tanlov g‘olibining majburiyatlari va yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taaluqli boshqa talablar bilan tanishib chiqishi va tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirishi mumkin. Natijada fuqarolar o‘zlariga maʼqul bo‘lgan yer uchastkasini nafaqat auksionda qatnashish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yutib olishi mumkin, balki yer ijarasi bilan bog‘liq jarayonni shaffof va oshkora tizimda amalga oshirishga erishadi.
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar aks ettirilgan maʼlumotlar haqidagi videoroliklar hamda normativ-huquqiy hujjatlar va foydali xavolalar bo‘limi ham yaratilgan.
Hozirga qadar ochiq elektron tanlovlarda 81,7 ming gektar yer maydonlarining (381,8 ming lot) g‘oliblari aniqlandi. Shundan tanlovga qo‘yilgan 20,9 ming gektar yer maydonlari bo‘yicha 88 ming nafar ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalar, 4,2 ming gektar bo‘yicha esa 22,1 ming nafar xorijdan qaytgan mehnat migrantlari g‘olib bo‘lgan.
Как вам известно, введен механизм предоставления в аренду земель сельскохозяйственного назначения, в том числе земельных участков для ведения дехканского хозяйства, путем проведения открытых электронных конкурсов. В этих целях широко используются взаимно интегрированные информационные системы и базы данных ряда министерств и ведомств.
Для справки: 23 декабря 2021 года запущена автоматизированная информационная система Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан «Е-IJARA», предназначенная для сбора, рассмотрения и согласования с компетентными органами и организациями материалов касательно аренды земель сельскохозяйственного назначения. Данная система используется для выставления лотов на электронную торговую площадку «E-AUKSION» с целью проведения открытых электронных конкурсов, а также для оказания содействия в оформлении прав и документов победителей в соответствующих органах.
С учетом поступивших предложений и обращений граждан в социальных сетях, ГУ «Центр цифровизации АПК» при Министерстве разработало новую «frontend» зону. Она открыта для всех пользователей информационной системы «E-IJARA». Система интерфейса с современным дизайном и удобными инструментами размещена на сайте www.e-ijara.uz.
Созданные функции позволяют сэкономить драгоценное время пользователя и в то же время создают возможность легко добиться желаемого результата, в частности:
Новая «frontend» часть и дизайн информационной системы «E-IJARA» по аренде посредством открытых электронных конкурсов – порядка 200 тыс. га освобожденных в 2022-2025 годах от хлопка и зерна сельхозземель вблизи населенных пунктов, с хорошим водоснабжением – разработана для максимального удобства пользователей.
Важным аспектом в обеспечении открытости и прозрачности системы является то, что, просматривая земельный участок на открытой карте, пользователь получает точную и обновленную информацию о разделенных по цветам свободных или находящихся в собственности, находящихся в фазе проектирования, выставленных на конкурс земельных участках, о землях, где определен победитель или по которым поступило предложение.
Эта карта отображается в 3-х популярных формах Satelite, Hybrid и Street, то есть через них можно получить подробную информацию о границах выбранных земельных участков, автомобильных дорог и населенных пунктов. Посмотреть видео;
Все земельные участки представлены в виде схемы. Пользователю предоставляется идентифицирующая информация о каждом земельном участке. Среди удобств, перечисленных на карте, можно отметить функцию измерения длины земельного участка. С помощью этой функции можно измерить расстояние от выбранного участка земли до ближайшего населенного пункта или автомагистрали, что позволяет определить геопространственное положение земли, выбрать наиболее удобный маршрут, не выезжая на место, Посмотреть видео.
Еще одно важное преимущество – можно сразу перейти на торговую площадку «Е-АУКЦИОН», нажав кнопку «участвовать в конкурсе» на самом желаемом земельном участке.
Далее пользователь может ознакомиться с земельным участком, обязанностями победителя конкурса и иными требованиями, связанными с условиями использования земельного участка, оставить заявку на участие в конкурсе. В результате граждане могут не только выиграть понравившийся земельный участок без лишних хлопот, но и суметь решить вопросы, связанные с арендой в прозрачной и открытой системе.
Также созданы информационные видеоролики с ответами на часто задаваемые вопросы, раздел о нормативно-правовых документах и полезные ссылки.
На сегодняшний день в открытых электронных конкурсах определены победители 81,7 тыс. га земли (381,8 тыс. лотов). Из них 88 тысяч малообеспеченных семей, включенных в списки, стали победителями по 20,9 тысячи гектаров земли, а 22,1 тысячи трудовых мигрантов, вернувшихся из-за границы по 4,2 тысячи гектаров.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: